Kimyo fanining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati reja: Kimyo fanining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati


Download 34.34 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi34.34 Kb.
#1450133
  1   2   3
Bog'liq
KIMYO FANINING QISHLOQ XO


KIMYO FANINING QISHLOQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Reja:

  1. Kimyo fanining qishloq xo'jaligidagi ahamiyati

  2. Analitik reaktsiyalarning o’tkazish usullari.

  3. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.

Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilganKimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan


Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
1958—65 y.larda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyoʻl gidroliz zavodi qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi
20-asrning 90-y.lari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan K.s. barpo etildi. 1990 y.da 1762 ming t mineral oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi
Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Fargʻona "Azot" i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, "Qoʻqon superfosfat zavodi" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika q.x. ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi
Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, foʻngitsidlar) Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965 y.dan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960 y.dan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika q.x.da oʻsimliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda koʻllaniladigan oltingugurt kukuni Shoʻrsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Shoʻrtan gaz komplekslarada ishlab chiqariladi.
Kimyo fani ham boshqa fanlar qatorida, odamlarning amaliy faolyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o'rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma'lum, insoniyatqachomdan buyon olovdan foydalana boshlagani, metallarga termik ishlov berishni qachon o'rgangani ma'lum emas. Lekin oziq-ovqat tayyorlash, kundalik ehtiyoj uchun mahsulototlarga kimyoviy kimyoviy ishlov berishda kimyoviy bilimlarning ortib borishi insoniyat rivojida katta burilishlarga olib kelgan. Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish rangdor shisha hosililish, teri oshlash , o'simliklardan dori darmonlar, bo'yoqlar va xushbo'y moddalar ajratib olishni, spool buyumlar yasashni bilishgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Insonlar juda qadimdan qand, yog' va oqsilga boy o'simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil avval oltin va
kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyorlashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O'sha davrlarda Misrda o'simlik va hayvon organizmlar turli bo'yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan.
Barcha xalqlar juda qadimdan bijg'ish jarayonini bilganlar. Har bir xalqni o'ziga xos spirtli ichimligi bo'lgan. Uni dondan, asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq-ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo'yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o'sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug'ullangan.
Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrlarda shug'ullangan. Ular butun borliqning asosini to'rtta <> - suv, havo, tuproq va olov tashkil etadi deb tushuntirganlar.
Keyinchalik Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillari) butun borliq bitta asosiy materiyadan tuzilgan, degan nazariyani yaratdi. Uning fikricha to'rtta xossa: sovuqlik, issiqlik, namlik va quriqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan - suv, havo, tuproq va olov hosil bo'ladi. Masalan, asosiy materiyaga issiqlik va namlik qo'shilsa havo, namlik va havo qo'shilsa suv va hokazo hosil bo'ladi. Ular bir-biriga aylanishi ham mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligi chiqib ketib suvga, suv qizdirilsa namligi chiqib ketib tuproqqa aylanadi va hokazo. Moddiy dunyoga bunday Arastucha qarash Yevropada XVI asrgacha hukm surib keldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir jamiyatni, fanni o'rganish bilan birga uning paydo bolish, rivojlanish, yuksalish va bugungi kundagi mavqeiga erishgunga qadar bosib o'tgan yo'li, bu yolning ayrim bosqichlari, ularda yashab o'tgan izlangan olimlar shu faning yaratilishiga qo'shgan hissalari, hodisa va atrof muhitdagi materiyani o'rganishda ularga yondashish usullari va ularni o'rganish hozirda zamonaviy hayotimizda juda muhim masala bolib qolmoqda.
Kimyo fanining ham oz tarixi bor. Bu tarix bilan tanishish kimyo fani qachon paydo bola boshladi, u yoki bu kimyoviy hodisalar qanday qilib kashf qilindi va ular kishilar hayotida o'rin egallay boshladi.
Fan tarixini organish shu fanni har tomonlama, chuqur va mukammal, ichki mantiqiy boglangan malumotlar asosida omil va vosita hisoblanadi
Kimyo fanining har bir davrning o'z tarixchilar bo'lgan. Ammo keyingi ikki-uch asr davomida kimyo tarixini yaratishda ancha ish qilganlar Bertalo, Ladenburg, Djua, Meyer, Marnovnikov va boshqalardir.
Kimyo fanini yaxshiroq o'zlashtirish uchun avvalambor uning eng asosiy tarkibini ya'ni atom, molekula, kimyiviy element va moddalarning davriy jadvali, ularning o'lchov birliklarini yaxshilab o'rganishimiz zarur.
Atom-kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrasidir.
Molekula- moddaning mustaqil mavjud bo'la oladigan va shu moddaning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'zida saqlab qoladigan juda kichik zarrasidir.
Kimyoviy element-o'zida muayyan hodisalarni mujassamlashtirilgan va kimyoviy usullar bilan boshqa oddiy moddaga aylana olmaydigan atomlar turidir. Demak, oddiy modda elementning erkin holda mavjud bo'lishi shaklidir.
Kimyo fani biz uchun har sohada kerakli fandir. Misol qilib oladigan bo'lsak, tabiiy qazilma boyliklarini faqat qazib olish bilan ish bitmaydi. Yani u har doim ham sof holatda qazib olinmaydi. Uni qazib olib, avval u qanday ekanligini aniqlash, tarkibiy qismlarini bilish, uni tozalash lozim. Bizga bu fan nafaqat qazilmalar bilan ishlashda balki, tekstil, tibbiyot, farmatseftika, agrar soha va hokazo yo'nalishlar uchun kerak.
nalitik kimyo mustaqil kimyoviy fan sifatida.
Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz. Masalan, grafik birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur. Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o’zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi. Analitik kimyo moddalarni analiz qilish usulari haqidagi fan bo’lib, uning mazmunini analiz qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarni hal qilishdan iborat.
Hozirgi kunda analitik kimyo oldiga ancha murakkab masalalar qo’yiladigan bo’ldi. Endi kimyoviy elementlarning faqat o’zigina emas ularning izotoplarini ham aniqlash talab etilmoqda.
Hozirgi vaqtda «modda tarkibi» degan tushunchaning o’zi ham keng ma‘no kasb etadi. Endilikda «modda tarkibi» degan tushuncha ayni moddadagi kimyoviy elementlar bir necha atomdan iborat funktsional gruppalar ion, molekula va izotoplarni ham o’z ichiga oladi.
Analizdan maqsad hamda uni hal etish usullariga qarab analitik kimyo «sifat analiz va miqdoriy analiz» qismlariga bo’linadi.
Sifat analizida tekshirilayotgan modda tarkibida qanday elementlar gruppasi va qanday ionlar bor-yo’qligi aniqlanadi. Masalan ammafosda N2, P,H2, O2, elementlar yoki NH+4,va H2PO4 ionlarning mavjudligi aniqlanadi.
Miqdoriy analizda murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdori massa protsenti aniqlanadi. Masalan, ammofos tarkibida Р2О5 dan m % borligi aniqlanadi.
Murakkab moddalar avvalo, sifat analiz qilinib, so’ngra tekshirilayotgan elementlarning massa protsentlari, ya‘ni miqdorlari aniqlanadi. Demak sifat analiz miqdor analizdan oldin o’tkazilishi shart.
Miqdor analizi natijalariga ko’ra reaktsiyaning muvozanat konstantasi , moddaning eruvchanlik ko’paytmasi va boshqa qiymatlar hisoblab chiqarilishi mumkin.
Boshqa fanlar kabi analitik kimyo ham mustaqil fanlar qatorida o’rganiladi.
D. I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, massalar ta‘siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, koordinatsion birikmalar hosil bo’lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi.
Hozirgi davrda analitik kimyo zamonaviy mukammal usullarga ega. Ular kimyoviy moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Masalan, moddalarning cho’kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo’lishi kabi xossalariga asoslanib analitik usullar yaratiladi. Barcha usullarni uch gruppaga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoyaviy usullarga ajratish mumkin.
Kimyoviy usullar kimyoviy reaktsiyalarga asoslanadi. Analiz protsessida foydalaniladigan ana shunday kimyoviy reaktsiyalar analitik reaktsiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deb ataladi. Kimyoviy analiz usullari puxta sinovdan o’tkaziladi. Shu sababli ular aniq natija beradi. Lekin ko’pchilik kimyoviy usullarning sezgirligi u qadar yuqori emas, analiz bajarilishi uchun ham ko’p vaqt talab qilinadi. Qishloq xo’jaligida ba‘zi bir biologik muammolarni hal etishda tez va aniq natijalar beradigan fizikaviy va fizik –kimyoviy usullarni roli beqiyos. Fizikaviy va fizik–kimyoviy usullar «instrumental» usullar deb ham ataladi.
Fizikaviy usullarda kimyoviy reaktsiyalardan foydalanilmaydi, faqat moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Spektral analiz, lyuminestsent analiz refraktometrik analiz rentgen – struktur analiz va hokazolar fizikaviy usullar jumlasiga kiradi. Moddalarning radiaktivlik xususiyatiga asoslangan nishonlangan atomlar usullari biologik ilmiy izlanishlarda alohida ahamiyatga ega.
Spektral analiz juda sezgir usul bo’lib, grammning yuz milliondan bir ulushini ham aniqlash imkonini beradi. Hosil qilingan spektr chizig’ining ko’rinishi moddani sifat jihatdan, spektrning intensivligi esa miqdor jihatdan analiz qilish imkonini beradi.
Lyuminestsent analiz ayrim moddalarning ultrabinafsha nurlar ta‘sirida sovuq holada chiqaradigan nurlari intensivligini o’lchashga asoslangan. Maxsus reaktivlar yordamida moddalarda lyuminestsentsiya hodisasini vujudga keltirish mumkin.
Ushbu usulning sezgirlik darajasi spektral analizdan qariyib 100 000 marta ortiq.
Havodan suyuqlikka o’tayotgan nurning sinish xodisasiga asoslanib eritma kontsentratsiyasini aniqlash refraktometriya usulining asosini tashkil etadi. Bu usul yordamida meva sharbati tarkibidagi qand miqdorini aniqlash mumkin.
Analizning fizik-kimyoviy usullarini kimyoviy reaktsiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy usullardan biri – kolorimetrik analiz. Kolorimetrik analiz moddaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan eritma rangining intensivligi o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Analizning konduktometrik usulida esa eritma kontsentratsiyasi o’zgarganida elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishi aniqlanadi.
Turli moddalar o’z tabiatiga bog’liq ravishda bir xil adsorbentga turlicha yutilishi mumkin. Adsorbent sifatida alyuminiy oksididan foydalanib moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu usul xromatografiya usuli bilan mashg’ul.
SHuni eslatib o’tish lozimki, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishdagi asboblar qo’llashni talab qiladi. Ana shu sababli kimyoviy analiz usullari qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham keng. Bo’lajak mutaxasislar kimyoviy analiz usullari bo’yicha mukammal bilimga ega bo’lishlari kerak.
1.2. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi.
Analitik kimyo bilan agranomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq.
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas.
Ekinlardan mo’l hosil olish va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish, o’g’itlar, yem-hashak tarkibini mukammal bilishni talab etadi. Bu muammoni hal etishda bevosita analitik kimyo usullaridan foydalaniladi. Chorvachilik fermalarida va komplekslarida, sanitariya va gigiena laboratoriyalarida, ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniqlashda, ichimlik va oqar suvlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini analiz qilishda analitik kimyo usullari qo’llaniladi.
Veterinariyada qon, siydik, me‘da shirasini analiz qilish vrachga kasallikni to’g’ri aniqlash va davolash imkonini beradi. Dorivor moddalarning organizmga ta‘siri ham analizlar vositasida o’rganiladi. Hozirgi davrda atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim muammolar qatorida turadi. Analitik kimyo usullarisiz bu borada birinchi qadamni qo’yish ham mumkin emas. Chunki suv, atmosfera havosi tarkibidagi o’zgarishlarni aniqlamasdan ularni tozalashga kirishib bo’lmaydi.
Analitik kimyodan yetarli darajada bilimga ega bo’lgan agronomlar, zootexniklar va veterinarlarga ilmiy izlanishlar o’tkazayotganda biologik protsesslar mohiyatini to’liq tushuna olish imkonini ham analitik kimyo beradi.
1.3. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari.
«Kimyoviy analiz» iborasining fanga kiritilishi ingliz olimi R.Boyl (1627-1691) nomi bilan bevosita bog’liq. Murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashkil topganligi haqidagi fikrni ham R. Boyl aytgan. U mavjud kimyoviy reaktsiyalarni tartibga soldi. Lakmus indikatoridan foydalanib qislotalar va ishqorlarni bir-biridan farqlash mumkinligini amalda ko’rsatdi. R.Boylning bu ishlari sifat analiziga ko’yilgan birinchi qadam bo’ldi.
Analitik kimyo mustaqil fan sifatida ulug’ rus olimi M.V. Lomonosov zamonida rivojlana boshladi. U o’zining «Metallurgiya i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida bir qancha analiz usullarini yozgan edi.
T.Ye.Lovits (1757-1804) moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning kimyoviy tarkibi o’zaro bog’likligini isbotladi va mikrokristalloskopik analizga asos soldi. Kaltsiy tuzlari ishtirokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kaltsiy mavjudligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi.
Frantsuz olimi A.Lavuaze (1743-1794) suv va turli oksidlarni kimyoviy analiz qilib, ular tarkibidagi elementlardan biri kislorod ekanligini tajribalar yordamida isbotladi.
Mamlakatimizda analitik kimyoning rivojlanishiga V.I. Severgin (1765-1794) ancha salmoqli hissa qo’shdi. Uning «Rukovodstvo po pribornomu isskustvu i ximicheskomu isptaniyu drugix iskopaemx metallicheskix rud» nomli birinchi kitobi 1801 yilda chop etildi.
Murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid asosida sistemali analiz qilish tartibini shvetsiyalik olim T.Bergman (1735-1784) taklif etdi.
Analitik kimyoning muhim nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, uning gidratlar nazariyasi muhim ahamiyat kasb etdi. D.I.Mendeleevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824-1904) kationlarning analitik gruppalar bo’yicha eng qulay klassifikatsiyasini fanga kiritdi. U 1871 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi.
Keyingi yillarda analitik kimyo fanining rivojlanishi mashhur olimlarimizdan A.P.Vinogradov, I.P.Alimarin, I.I.CHernyaev, Ya.A.CHugaev, N.A.Tananaevlarning nomi bilan bevosita bog’lik. Shuningdek chet ellik R.Bunzen, G.Kirxgof, Bertselius, Gey-Lyussaq, Devilar ham samarali mehnat qilib, bu sohaga o’z hissalarini qo’shdilar.
Analitik kimyo fanining rivojlanishida O’zbekistonlik olimlarning ham hissalari katta. Akademiq Sh.T.Tolipov rahbarligida olimlarning katta gruppasi analitik kimyo sohasida samarali mehnat qilmoqdalar.
Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda.
1.4. Sifat analizi usullari.
Tekshirilayotgan modda miqdoriga, analizda ishlatilayotgan eritmaning hajmiga ko’ra analiz usullari makro, yarim mikro, mikro va ultramikro usullarga bo’linadi.
Makro usulda reaktsiya o’tkazish uchun 0,1 g va undan ko’p modda yoki 1,0-10,0 ml va undan kam miqdorda eritma olinadi. Hosil bo’lgan cho’kmalarni ajratish va tozalashda anorganik kimyo usullaridan foydalaniladi.
Analizlar mikro usullar bilan bajarilishda moddadan makroanalizga nisbatan 100 marta, ultramikro usulda esa 1000 marta kam olinadi. Reaktsiyalar maxsus probirkachalarda o’tkaziladi. Ba‘zan analiz natijalarini kuzatish maqsadida mikroskopdan ham foydalaniladi.
Makro hamda mikro usullardan tashqari yarim mikro usul ham qo’llaniladi.
Bu usul bilan analiz qilish uchun qattiq moddadan 10-50 mg, eritmadan esa 0,1-5 ml olinadi. Reaktsiyalar tubi kichraytirilgan analitik probirkalarda o’tkaziladi.
CHo’kmalarni eritmalardan ajratish uchun aksariyat hollarda tsentrifugalardan foydalaniladi. Qizdirish maxsus hammomda, bug’latish esa chinni kosachalarda suv hammomi yoki mikrogorelka bilan isitish orqali asbestlangan tur ustida o’tkaziladi.
Kimyoviy analiz yarim mikro usulda bajarilganida reaktivlar kam sarflanadi.
Kichik hajmli idishlardan foydalanish ham mumkin bo’ladi. Bunda reaktivlar tejaladi va umuman analiz o’tkazish qulay bo’lib qoladi. Agar analiz to’g’ri bajarilsa yarim mikro usul juda aniq natijalar beradi. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim mikro usuldan keng foydalaniladi.
1.5. Analitik reaktsiyalarni o’tkazish usullari.
Anorganik kimyo kursida o’tkazilgan reaktsiyalarning ba‘zilarini analitik reaktsiyalar qatoriga kiritish mumkin. Kuzatish mumkin bo’lgan effekt sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiya analitik reaktsiya deb ataladi. Effekt deyilganda cho’kmaning hosil bo’lishi yoki uning erishi, eritma rangining o’zgarishi, ayrim gazsimon moddalarning hosil bo’lishi tushiniladi. Har bir kimyoviy reaktsiya «ho’l» va «quruq» usulda o’tkazilishi mumkin.
1. Agar reaktsiya eritmada bajarilsa, u «ho’l» usulda bajarilgan bo’ladi. Modda suvda, qislota yoki ishqorda eritiladi, hosil bo’lgan eritmadan esa izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar yordamida topiladi. Masalan, Fe2+ ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun Fe2+ tuzi eritmasidan probirkaga 1-2 tomchi solib uning ustiga K3[Fe(CN)6] tuzi eritmasidan 1-2 tomchi qo’shiladi. Ko’k rangli cho’kma Fe3[Fe(CN)6] hosil bo’lishi ko’zatiladi.
2. Erituvchilardan foydalanmagan holda fakat quruq moddalarning o’zi bilan bajariladigan analiz usullari «quruq» usullar deb ataladi.
Ba‘zan moddalarni eritma holatiga o’tkazmasdan turib, quruqligicha analiz qilish mumkin. Bu yerda moddalarni ezib ishqalash va pirokimyoviy yo’llar qo’llaniladi.
Moddaning tarkibini aniqlash uchun gorelkaning rangsiz alangasiga ayni elementning biron birikmasi kiritiladi. Bunda alanga ayni elementga xos rangga bo’yaladi yoki bura qo’shib suyultirilganda rangli «munchoqlar» hosil bo’ladi.
Ba‘zi bir moddalar sifat jihatdan analiz qilinayotganda ularning uchuvchanligidan sublimatlanishidan foydalaniladi. Masalan, simob tuzi bilan Na2CO3 aralashmasi probirkada qizdirilsa, simob tuzi parchalanib probirkaning sovuq devorlarida kul rang tusdagi yaltirash ko’zatiladi, chunki simob metalining mayda tomchilaridan iborat cho’kma hosil bo’ladi. Bunda quyidagicha reaktsiya boradi:
to
HgCI2 + Na2CO3 →HgCO3+2NaCI
t0
HgCO3 →HgO +CO2
to
2HgO→2Hg + O2
Quruq usulda bajariladigan reaktsiyalar, asosan taqribiy tekshirishda qo’llaniladi.
3. Alanganing bo’yalishiga asoslangan usul. Ko’pgina elementlarning birikmalari rangsiz alangani bo’yaydi. Masalan: natriy-sariq, kaliy binafsha, kaltsiy-qizil-g’isht, bariy sarg’ish-yashil, mis yashil rang beradi. Bunday analiz o’tkazish uchun modda kukun holiga kelguncha maydalanadi.
SHisha tayoqchaga kovsharlangan platina sim chuglangunicha qizdiriladi va darhol kukunga (modda eritmaga o’tkazilgan bo’lsa eritmaga) botiriladi. Modda yopishgan platina simni alangaga tutib, alanga rangining bo’yalishi ko’zatiladi va tegishli xulosa chiqariladi.
1. Mikrokristalloskopik analiz usuli.
Kimyoviy reaktsiyalar yordamida elementlarning shunday birikmalari hosil qilinadiki, ularning kristallari aniq geometrik shaklga ega bo’ladi. Hosil qilingan kristallarning shaklini aniqroq kuzatish uchun mikroskoplardan foydalaniladi.
1. N.A.Tananaevning tomchilar usuli.
Sezgirlik darajasi yuqori bo’lgan ayrim analitik raktsiyalar reagentlarning bir necha tomchisi bilan soat oynasi yoki filtr qog’ozi ustida o’tkazilishi mumkin. Analiz qilinadigan modda va reaktiv eritmalaridan bir tomchidan olib soat oynasi yoki filtr qog’oziga tomiziladi. Reaktsiyaning harakterli, tashqi effektidan foydalanib, eritma tarkibi to’g’risida biror xulosaga kelinadi.
Bu usul geologik, texnik va biokimyoviy analizlarda keng qo’llaniladi.
1. N.A.Tananaevning kukunsiz analiz usuli.
Ko’pgina metallarning qotishmalarini analiz qilish uchun ularni avval kukun holiga keltirish yoki eritmaga o’tkazish kerak. Ammo ba‘zi bir zargarlik buyumlaridan, mashina va apparatlarning detallaridan namuna olib bo’lmaydi. Agar ana shu maqsadda N.A.Tananaev usulidan foydalanilsa, sifat analizini tez va oson o’tkazish mumkin.
Buning uchun metall sirtiga uni erita oladigan biror erituvchi tomiziladi. Bunda hosil bo’lgan eritmani kapillyar yordamida metall sirtidan olib, u bilan sifat analizi o’tkaziladi.
1. Kukunlar aralashmasini ezib ishqalash usuli.
F.A.Flavitskiy tomonidan taklif etilgan.
Analiz qilinayotgan moddadan tahminan 0,01 g va shuncha miqdor reaktiv kukuni chinni xovonchaga solinib, aralashtiriladi va eziladi. Aralashma rangining o’zgarishidan yoki o’ziga hos hid paydo bo’lishidan aniqlanayotgan elementning birikma tarkibida borligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.
Masalan temirning kukun holidagi biror tuziga rodanid tuzi kukuni qo’shib ezilsa, qizil rang hosil bo’ladi. (chunki Fe(SCN)3 qizil rangli modda) yoki ammoniyli biror to’zga ishqor qo’shib ishqalansa ammiak hidi keladi.
Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati ko‘rsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Kimyo tarmog‘ini tashkil etish va boshqarish, qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha maxsus komissiyaning:
“O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksiyadorlik jamiyati hamda O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi bazasida, ularni tegishli ravishda “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqargan holda, mustaqil “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan “Agrokimyota’minot” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar birlashmalari hamda o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar hududiy markazlari va agrokimyo stansiyalari bazasida hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi;
“Agrokimyota’minot” tuman va tumanlararo birlashmalarini, o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlarini “Qishloqxo‘jalikkimyo” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalarining filiallariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yuridik shaxs hamda “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksiyadorlik birlashmasi va O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
kimyolashtirish va tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklar kasalliklari, qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va begona o‘tlar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnika siyosatini amalga oshirish;
mineral o‘g‘itlarga, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarining har yilgi hududiy balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
respublikada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan kaliyli o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarni import bo‘yicha xarid qilishni tashkil etish.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, uning xodimlarining cheklangan soni 34 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” viloyat aksiyadorlik birlashmalarining hamda ularning tuman va tumanlararo filiallari namunaviy tuzilmalari 1, 1a, 1b, 1v va 1g ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
* 1a, 1b, 1v va 1g ilovalar berilmaydi.
3. “Qishloqxo‘jalikkimyo” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalari hamda filial huquqi bilan ularning tarkibiga kiruvchi tuman va tumanlararo xizmatlar “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy tarkibiy bo‘linmalari etib belgilansin.
Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari hamda ularning tuman va tumanlararo xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini, shu jumladan fermer va dehqon xo‘jaliklarini shartnoma asosida mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, tuproq meliorantlari hamda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
shartnoma shartlarida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish;
mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar va ularning qishloq xo‘jaligidagi iste’molchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi uchun keltiriladigan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyoviy mahsulotlar sifati ustidan nazoratni tashkil etish.
Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamg‘armalari tugatilayotgan “Agrokimyota’minot”viloyat birlashmalari hamda O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazlari balansida bo‘lgan mol-mulklar, shuningdek “Agrokimyota’minot” tuman va tumanlararo birlashmalari, o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlari mol-mulki qiymati hisobiga shakllantiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya (R.Azimov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar, shu bilan birga ularning ustav jamg‘armasiga kiritiladigan mol-mulklar qiymatini qayta baholab chiqsinlar;
hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari aksiyalarining davlat ulushlarini belgilangan tartibda “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruviga bersinlar;

Download 34.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling