Kimyo fanlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish karimova Dilfuza Bahritdinovna Ilmiy rahbar p f. n., dots. Sh. Avazov


-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish


Download 20.2 Kb.
bet5/9
Sana18.11.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1783614
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Copyright Notice-kompy.info

1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
4-bosqich: Keys yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot

Keys-stadi” metodining o‘ziga xos xususiyatlari



Izlanishga doir faoliyatning mavjud bo‘lishi
Jamoaviy va guruhlarda o‘qitish
Muvaffaqiyatga erishish uchun talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish
Xilma-xil o‘quv loyihalarini ishlab chiqish
Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integrasiyasi

Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilar savollar bo‘yicha faoliyatni qamrab oladi:

Kim? (Who?)


Qachon? (When?)
Qayerda? (Where?)
Nima uchun? (Why?)
Qanday?/ Qanaqa? (How?)
Nima? (natija) (What?)

Keys topshirig’i: Keltirilgan rasmlar asosida metallarni kimyoviy ishlab chiqarishda, inson organizmida va uy-ro’zg’or buyumlarida ishlatilishi haqida ma’lumot bering.

Keys topshirig’i Bu metall insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo’lib, uning qotishmasidan hayotning dastlabki davrlaridayoq foydalanilgan.Tabiatda bu metall kamdan-kam tug’ma holda uchraydi. Oksid holida keng tarqalgan. Konlari Vьetnam va Indoneziyada. Suv unga ta’sir yetmaydi. Uning birikmalari “susal oltin” deb atalib, yog’ochga hal berish uchun ishlatiladi. Buni qarangki u metall qishdan qo’rqadi.

Savol: 1.Insoniyatga qadimdan ma’lum bo’lgan elementlarni bilasizmi? 2.Qadimdan ma’lum bo’lgan qotishmani aniqlang? 3.Vetnam va Indoneziyada qaysi metallarning konlari uchraydi? 4.“Susal oltin” nima? 5.Qishdan qo’rqadigan metall qaysi ekanligini toping?

O’qituvchining yechimi Qalay insoniyatga qadimdan ma’lum. Qalay va mis qotishmasi "bronza".Vetnam va Indoneziyada qalayning konlari bor. Qalayning (IV)-sulfidi oltin rang sariq bo’lib, oltin hal deyiladi va yog’och buyumlarni gipsdan yasalgan haykallarni bo’yashda ishlatiladi. Qalay sovuqda qalay vabosiga uchraydi, shuning uchun uni qishdan qo’rqadigan metall deyiladi.


Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling