Fakul'tet kengashi raisi: p.f.n.dots. Sh.Mamajonov
K I R I SH
Tabiiy va sintetik birikmalar tuzilishi va xossalari fanitirik materiyani tashkil etuvchi birikmalarning sifat tarkibi, miqdoriy o`lchash va hayotiy jarayonlardagi o`zgarishlar haqidagi fandir. U organik kimyo, fiziologiya va tibbiyot asosida shakllangan.
Tabiiy va sintetik birikmalar tuzilishi va xossalari fani sanoat, tibbiyot, qishloq xo`jaligi kabi sohalar uchun amaliy ahamiyati ham katta bo`lib, u ozuqa oqsillari, uncha zarur aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklar, bakterial og`itlar ishlab-chiqarish hamda toza ferment preparatlar olish imkonini beradigan biotexnologiya va uning mikrobiologik sintez kabi tarmoqlaridan keng miqyosda foydalanish bilan bog`liqdir.
Ushbu amaliy mashg`ulotlarning asosiy maqsadi — talabalarda amaliy ishga ijodiy munosabatni shakllantirish, umumiy bioorganik kimyodan olgan bilimlarini mustahkamlash bo`lib, unga bajarilishi qiyin bo`lmagan va ko`p vaqt sarflanmaydigan tajribalar kiritilgan.
Aksariyat tajribalar biologik materiallar, oziq ovqat mahsulotlari va dori —darmon preparatlari yordamida bajarilishni e`tiborga olgan holda zarur moddalar bilan ishlash varianti tavsiya etildi. Shu nuqtai nazardan, hamda tejamkorlik maqsadida reaktivlar, aralashmalar, eritmalar va oldingi tajribalarda hosil qilingan moddalardan keyingi ishlarda foydalanish ham ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |