4- mashg’ulot
Kondensatsiya reaktsiyalari. Reaktsiyalarning mexanizmlari. Fenolftaleinni sintez qilish va uning xossalarini o’rganish.
9-Tajriba
DIBENZAL’ATSETON
Reaktivlar.
Benzal’degid 19 ml yoki 20 g (0,19 mol’)
Atseton 6 ml (0,08 mol’)
Etil spirt 200 ml
O’yuvchi natriy 4g
Konussimon kolbada benzal’degid, atseton va spirt olib, unga 4 g o’yuvchi natriyning 120 ml suvdagi eritmasi asta-sekin quyiladi. Reaktsion aralashma uy temperaturasi bir qancha vaqt turgandan so’ng, cho’kmaga tushgan kristallarni kichikroq Byuxner voronkasida fil’trlab olinadi va qaynoq spirtda qaytadan kristallantiriladi.
Och sariq rangli dibenzal’atsetonning suyuqlanish tamperaturasi 112°S.
Miqdori 15-16 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |