3-mashg’ulot
Spirtlarning olinishi. To’yinmagan spirtlar xossalari. Reaktsiyalarning mexanizmlari. Allil spirtni sintez qilish. Allil spirtidan allil xlorid olish.
7-Tajriba
BENZIL SPIRT
Reaktivlar.
Benzal’degid 21,2 g yoki 20 ml (0,2 mol’)
35-40% li formalin 50 ml (1,1 mol’)
40% li o’yuvchi natriy 50 ml (0,5 mol’)
Natriy bisul’fit; natriy sul’fat.
200 ml sig’imli kolba aralashtirgich va qaytarma sovitkich bilan jihozlanib, unga 20 ml benzal’degid, 50 ml suv hamda 50 ml 35-40% li formalin solinadi. So’ngra unga aralashtirib turilgan holda 50 ml o’yuvchi natriyning 40% li eritmasi qo’shiladi; bunda reaktsion aralashmaning temperaturasi 70°S gacha ko’tariladi. So’ngra reaktsion massa 10 soat qoldirilganda suyuqlik ikki qismga ajraladi. YUqori qismdagi benzil spirt ajratilib bisul’fit eritmasi va suv bilan yuviladi; u natriy sul’fat bilan quritilib haydaladi.
Benzil spirtning qaynash temperaturasi 206°S; q1,0455; q1,5395.
Miqdori 12-13 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |