Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari
Kuyganda (gorelka alangasida yoki issiq jism ta’sirida) kuygan joyni kaliy permanganatning konsentrlangan eritmasi bilan namlash kerak. Kuygan joyni kaliy permanganatning kristallari bilan qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lguncha ishqalansa ham bo‘ladi. Kuchli kuyganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Vodorod sulfid, xlor, brom bug‘lari, azot oksidlari, is gazi bilan zaharlanganda jarohatlangan kishini tezda ochiq xavoga olib chiqish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar yuzga yoki qo‘lga kislota sachrasa, darxol suv bilan so‘ngra choy sodasining suyultirilgan eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor to‘kilganda esa silliqligi yo‘qolguncha suv bilan, so‘ngra 2%-li sirka kislotasining eritmasi bilan yuvish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |