Kimyo laboratoriyasida xavfsizlik qoidalari


Download 19.46 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi19.46 Kb.
#1226706
  1   2
Bog'liq
KIMYO


KIMYO LABORATORIYASIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI

Kimyoviy tajribalarni bajarishda quyidagilarga e'tibor berish lozim:


  1. Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asboblardan foydalanish lozim. 

  2. Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash. 

  3. Ko'zni saqlash (chunki zararli moddalarning eng mayda tomchisi va bug'lari ham ko'z 

pardasiga tushib, ko'rish qobiliyatini yo'qotishga olib keladi). 

  1. Qizdirilayotgan suyuqligi bor probirkaning ochiq tomonini o'zingizdan va 

o'rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o'ta qizdirilib yuborilgan suyuqlik qaynab 
chiqib, qo'lga va yuzga sachrashi mumkin). 

  1. Probirkalarda moddaning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 

qismigacha quyish. 

  1. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda va chinni kosachada qizdirish kerak. 

  2. Moddalarni shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq yoqilg'i alangasiga tekkizmaslik 

(idish dars ketib, sinishi mumkin). 

  1. Qattiq yoqilg'ini ishlatib bo'lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o'chirish. 

  2. Laboratoriyadan biron bir kimyoviy moddani boshqalarga berish taqiqlanadi

  3. Laboratoriyadan hech qanday kimyoviy moddalarni yoki ortiqcha buyumni olib ketish mumkin emas

  4. Bironta kimyoviy modda qaynayotgan idish ustidan engashib qarash (chunki 

suyuqlikning mayda tomchilari ko'zga sachrashi mumkin); 

  1. Kimyoviy reaksiya jarayonida (bug'lanayotgan, qaynab turgan) idishni qo'lga olmaslik; 

  2. Qalin devorli shisha idish, o'lchov idishi va hovonchalarni alangada qizdirish mumkin emas (issiqlik oqibatida shishaning butunligiga tasir qiladi va inson sog`ligiga zarar yetkaziladi); 

  3. Ichida suyuqligi bor bo'lgan probirkani chayqatishda uni barmoq bilan berkitish. 

  4. Faqat o`qituvchi nazorati ostida labaratoriya mashg`ulotlarini olib boorish.

  5. Ruhsatsiz kimyoviy moddalarga tegish mumkin emas.

Yangiyo`l shahar 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilarining kimyo fanidan laboratoriya xavfsizlik qoidalari bilan tanishgan o`quvchilar ro`yxati




Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling