Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish
Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar
Download 45.72 Kb.
|
КУМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquv korgazmali qurollardan foydalanish. Oqitishni korgazmalilik asosida ogzaki bayon etish usullari
Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar.
Ushbu usullar o'quvchilarning nafaqat bilimlarni to'liq o'zlashtirishlarini va xotirada saqlab qolishlarini, balki bevosita ta'lim beruvchining rahbarligi ostida algoritm (namulla) bo'yicha harakatlarni bajarish mahorati va ko'nikmalariui shak1lalltirishga qaratilgan reproduktiv faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kitob bilan ishlash usuli barcha funksiyalarni bajaradi: ta'lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, asoslash. Bu ish o'quvchilar tomonidan: - o'quv mashg'ulotida o'qituvchi rahbarligida; - uyda mustaqil ravishda bajarilishi kerak. O'quvchilar oldiga uyda kitob bilan ishlash vazifasini qo'yishdan avval ular kitobdan foydalanish usullarini: - uning tuzilishi bilan tanishishni; - ko'z yugurtirib chiqishni; - alohida boblarni o'qishni; - savollarga javob qidirishni; - materialni o'rganishni; - referat yozishni; - qisqacha bayon tuzishni; - vazifa va mashqlarni yechishni; - test sinovlarini bajarishni; - materialni xotirada saqlab qolishni bilishlariga ishonch hosil qiling. O'quv ko'rgazmali qurollardan foydalanish. O'qitishni ko'rgazmalilik asosida og'zaki bayon etish usullari Dars o'tishda ko'rgazmali qurollardan foydalanib, og'zaki bayon etish usullarida o'qituvchi ko'rgazmalilikning turli vositaIaridan foydalanadi. O'qitishning bu usulida didaktik vositalarga asoslaniladi. Masalan, namoyish qilinadigan tajriba va tabiiy obyektlar (masalan, reaktivlar) moddalaming xossalarini va kimyoviy reaksiyaning tashqi jihatini o'rganishga katta yordam beradi. Modellar, chizmalar, grafIklar, shuningdek, moddaning formulasi va jarayonlarni ifodalovchi tenglamalarni tuzish jarayonIarning mohiyatini tushunishga, moddalarning tarkibi va tuzilishini o'rganishga, kuzatilgan hodisalarni nazariy asoslashga yordam beradi. Mavzu bo'yicha kompleks jihozlashni amalga oshirish didaktik birlikning ko'rinishini ifoda etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, o'qitishning turti masalalarini hal qilish uchun bir darsning o'zida ko'p vazifalarni bajaruvchi va bir-birini to'ldiruvchi turti ko'rgazmali vositalar ishlatiladi. Masalan, namoyish qilinadigan asbob juda kichik bo'lsa va u uzoqdan yomon ko'rinsa, o'qituvchi asbob qurilmasini doskaga chizib ko'rsatishi yoki magnit applikatsiya yordamida tayyorlangan chizmadan foydalanishi mumkin. Murakkab jarayonlarni tushuntirishda jarayonlaming dinamik modelini multiplikatsiya qilib, kompyuter va videoglaz yordamida katta ekranda namoyish etiladi. Bunda ko'rgazrna vositalarini o'qituvchining so'zi bilan tushuntirilishiga katta e'tibor qaratiladi. O'qituvchining sharhisiz ko'rsatilgan tajriba zarar keltirishi mumkin. Masalan, xlorid kislota bilan ruhning o'zaro ta'siri namoyish qilinganda o'quvchilarda vodorod xlorid kislotadan ajratib chiqmasdan, ruhdan ajraladi degan fIkr paydo bo'lishi mumkin. Shuningdek, eritrna muhitini aniqlashning mohiyatini tushuntirmasdan tajriba o'tkazilganda ayrim o'quvchilar indikatorning rangi o'zgarmasdan, balki indikator tushirilgan eritmaning rangi o'zgaradi, degan fikrga ketishlari mumkin. Shuning uchun o'qituvchining so'zi tajriba o'tkazish jarayonida boshqaruvchi va yo'naltiruvchi vazifani o'tashi zaruI. Ko'rsatiladigan tajribadan tashqari o'qituvchi ixtiyorida ko'rgazmalilikning boshqa vositalari ham ko'p bo'lib, ulardan foydalanish darsning samaradorigi va sifatini oshiradi. Sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, ekran qo'llanrnalari, mavzuga tegishli turti xiI plakatlar bunga misol bo'ladi. O'qituvchi ulardan kimyoviy tajriba bilan birga yoki alohida izoh, tushuntirish zarur bo'lganda foydalanishi mumkin. O'qituvchi dars mavzusini doskaga yozishni avvaldan rejalashtirishi kcrak. Doskadagi yozuvlar izchil bo'lib, darsga tegishli boshqa materiallar ham o'z aksini topishi va dars oxirigacha saqianishi foydalidir. Ana shunda o'quvchilar tushunmay qolgan joylarini o'qituvchi qayta tushuntirish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarning doskaga yozishlarini ham nazorat qilishi kerak. Ulardan yozuv ham aniq, ham tartibli bo'lishi tatab etiladi. Darsda toza doskadan foydalallish kerak. Doskadan to'g'ri va oqilona foydalanish boshqa ko'rgazma vositalaridan afzal hisoblanadi. Turli didaktik maqsadlarda qo'llaniladigan diagrammalar, kislota, ishqor, tuzlarning hosil bo'lishini ifodalovchi plakatlar, moddalar kristall panjaralarining modellari, jadvallar va plakatlaming afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o'quvchilarga ko'rsatish mumkin. Ulardan darsning istalgan bosqichida, ya'ni materialni o'rganishda, darslli mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalansa bo'ladi. Hozirda ko'rgazmalilikning muhim vositalaridan biri - ekran qo'llanmalaridan faol foydalanilmoqda. Ular quyidagi texnik vositalar yordamida namoyish qilib ko'rsatiladi: kinoapparat, diaproyektor, epiproyektor, grafoproyektor, videomagnitofon, televizor va boshqalar. Texnika vositalarisiz ekran qo'llanmalarini ishlatib bo'lmaydi. O'quvchilar ekran qo'llanmalari yordamida fizik-kimyoviy jarayonlar mexanizmi dinamikasi tasvirlarini ko'rishlari natijasida ular haqidagi tasavvurlari kengayib, bilimlarni o'zlashtirish darajasi ortadi. Dars davomida kompyuterlardan foydalanish dars unumdorligining oshishida muhim vositaga aylanmoqda. Download 45.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling