Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish
Download 45.72 Kb.
|
КУМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion texnologiyalar. Klaster texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq qilish.
Mustaqil ish. Mustaqil ishlar to'liq sinf bo'yicha va individual ish shakllarida amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlarga o'quvchilar tajribalari (laboratoriya tajribalari, amaliy mashg'ulotlar), kimyoviy masalalar yechish, turli mashqlar bajarish, darslik, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar (biror moddani olish qurilmalarini yasash, plakat va jadvallar chizish, kristall panjara modellarini tuzish, referat yozish) kiradi. Mustaqil ish yangi bilimlarni egallash, ko'nikma, malakalar hosil qilish va fan metodlarini egallashning eng samarali yo'li hisoblandi. Mustaqil ishlash o'qitish jarayonining asosi bo'lib, ta'limtarbiya berish, o'quvchilarning, fikrlash dunyosini rivojIantirish vazifalarini bajaradi. Mustaqil ishning ta'lim beruvchi ahamiyati kimyo fanining quyidagi usullarini egallashda namoyon bo'Iadi: eksperimental ko'nikmalar, darslik bilan ishlash ko'nikmasi, hisoblashlar olib borish, kimyo tilidan foydalanish va boshqalar. Mustaqil ish mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yengib o'tish, o'zaro o'rtoqlik yordami, o'z kuchiga ishonish kabi tarbiya elementlarini o'quvchilarda shakllantiradi.Rivojlalltiruvchi ahamiyati esa o'quvchilarda mustaqil ishlashning kuchayib borishida, intellektual ko'nikmalar (o'zini nazorat qilish, muhimlarini ajrata bilish, kuzatuvchanlik) hosil bo'lishida narnoyon bo'ladi. Innovatsion texnologiyalar. Klaster texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq qilish. Innovatsiya inglizcha (innovation) so'z bo'lib, yallgilik kiritish degan ma'noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fIkrlash, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning o'ziga xosligi shundaki, jarayon faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlikjarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: - o'quvchini dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fIkrlash, ijod etish va izlanishga majbur etadi; - o'quvchilarni o'quv jarayonida bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini ta' minlaydi; - o'quvchining bilim olishga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda, har bir masalaga ijodiy yondashishini kuchaytiradi; - pedagog va o'quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishga yordam beradi. Quyida innovatsion texllologiyani dars o'tish jarayoniga tatbiq etilganda samarali natijalar bergan usullarni ko'rib chiqamiz. Download 45.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling