Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish
Download 45.72 Kb.
|
КУМ
I-bosqich.«Dastlabki kimyoviy tushunchalar» mavzusida dunyoni anglash bilan bog'liq bo'lgan eng sodda ayrim tushunchalar ko'rib chiqiladi. Masalan, sifat va miqdor tushunchalari kimyoviy formulalar, tenglamalar yozishda, tarkibning doimiylik qonuni va massaning saqlanish qonunini bayon qilishda, qarama-qarshilik tushunchasi, oddiy va murakkab moddalar hamda metallmaslar va metallar xossalari solishtirib aniqlanadi. Atomlaming real mavjudligi atom-molekulyar ta'limotni bayon qilishda aytib o'tiladi. Massa va energiyaning saqlanish qonuni bayon qilinganda materiyaning yo'q bo'lmasligi tushuntiriladi. Shu yerda yana kimyoviy reaksiyaning sifat va miqdor tomoni tahlil qilinadi.
2-bosqich. Davriylik qonuni va kimyoviy elementlarning davriy sistemasi, atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanish mavzularida materiyaning kimyoviy harakat shakli, miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga o'tishi ko'rib chiqiladi, atomning ichki qaramaqarshiligi ochib beriladi. Davriylik qonuni elementlarning xossalarini avvaldau hashorat qilishni ko'rsatib berdi, bu esa davriylik qonunining obyektivligi va dunyoni bilish mumkinligini ko'rsatadi. 3-bosqich.Organik kimyoni o'qish jarayonida o'quvchilar bog' uzunligi, valent burchak, modda molekulalarining fazoviy shakli bilan tanishadilar.Fazo to'g'risidagi falsafiy tasavvurlarni tushuulb oladilar.Organik moddalarning gomologik qatori misolida miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga o'tish ko'rib chiqiladi. Moddalar orasidagi genetik bog'lanish moddiy dunyoning birligi va o'zaro bog'liqligini ifodalab beradi. Aminokislotalarning ikkiyoqlama funksiyasi ulardagi ichki qarama-qarshilikni va qaramaqarshiliklar birligini ko'rsatadi. 4-bosqich. Materiya harakatining kimyoviy shakli to'g'risida o'quvchilarning tasavvurlari ilmiy-tabiiy va falsafiy darajada bir tizimga keltiriladi. Dunyoqarashni shakllantirishming zaruriy sharti va asosiy vositasi predmetlararo bog'lanishni amalga oshirishdir. Predmetlararo bog'lanish nazariy material (nazariya, qonun, tushuncha, faktlar) o'zlashtirilishi natijasida, ko'nikma va malakalar hosil qilinganda, kimyoviy ishlab chiqarishga bog'liq muammolar biIan tallishilganda amalga oshiriladi. Kimyoning boshqa fanlar mazmuni bilan uzviy bog'lanishiga bir necha misol keltiramiz. Kimyoning biologiya bilan o'zaro bog'liqligini kimyoviy elementlarning biologik ahamiyati, moddalarning fiziologik ta'siri, ayrim elementlaming tabiatda aylanishini ko'rib chiqish orqali ko'rsatish mumkin (masalan, azot va uglerodning tabiatda aylanishi). Bu ayniqsa, materiyaning yo'qolib ketmasligiga yaqqol dalil bo'ladi. Elementlarninig tabiiy zaxiralari va ularning tarqalish joyi bo'yicha geografiya fani, fizikaviy hodisa va xossalar yordarnida esa fizika fani bilatl predmetiararo bog'lanishni tushuntirish mumkin. Chunki kimyoviy jarayonlar sodir bo'lganda fizikaviy hodisalar kelib chiqadi. Masalan, kimyoviy reaksiyada issiqlik, yorug'lik ajralishi, moddalar rangillillg o'zgarishi va boshqalar. Materiyalling doimiy mavjudligilli asoslaydigan modda va energiyaning saqlanish qonuni kimyo va fizika fanlarining umumiy qonuni hisoblanadi. Matematika fani bilan kimyoning bog'liqIigi kimyoviy masalalar yechishda, grafiklar tuzishda, qonunlarning matematik ifodasini chiqarishda yaqqol namoyon bo'ladi. Kimyoning boshqa predmetlar bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatishdan asosiy maqsad - dunyoning bir butun zamonaviy ilmiy qiyofasini o'quvchilar ongida shakllantirishdir. Download 45.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling