Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish


Kimyoni o'qitishda tarbiya turlaridan foydalanish


Download 45.72 Kb.
bet3/15
Sana14.12.2022
Hajmi45.72 Kb.
#1002951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
КУМ

Kimyoni o'qitishda tarbiya turlaridan foydalanish.
Kimyo darslarida mustaqillik va demokratik jamiyat qurish g'oyalariga sodiq bo'lgan o'quvchilarni tarbiyalash barkamol avlodning o'sib yetishishida muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonning tabiiy kimyoviy zaxiralarida Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli hamma elementlarning mavjudligi, ulardan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligini bayon etish, shuningdek, ba'zi metallar, masalan, oltinning tabiiy zaxiralari jihatidan Respublika dunyo miqyosida to'rtinchi o'rinda, ishlab chiqarish jihatidan 7-o'rinni egallashi va shu kabilarni bayon etish o'quvchilami o'z vataniga sadoqat, vatan boyliklari bilan faxrlanish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. G'oyaviy tarbiya vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga bevosita bog'liq. Vatanparvarlik tarbiyasi yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni bayon etishda, zamonaviy mashinasozlik, kimyoviy ishlab chiqarishlar yutuqiarilli aytish bilall tushuntiriladi. Baynalmilal tarbiyani amalga oshirishda dunyodagi turIi mamlakatlar olimlari tomonidan davriy sistemadagi 120 ga yaqin kimyoviy elementlarning kashf etilishi, kimyoviy qonun va nazariyalaming yaratilishini bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi. Kimyoni o'qitishda mehnat tarbiyasini amalga oshirish mumkin. Bunda o'quvchilarning kimyoviy moddalar bilan ishlashi, kimyoviy tajribalar o'tkazishi, ularning malaka va ko'nikmalarini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Kimyoviy idish va asboblar bilan ishlash, mahsulot ishlab chiqarishga oid hisoblashlar o'tkazish ko'nikmalarini shakllantirish kimyogar ixtisosligini tayyorlashda katta ahamiyatga ega. O'quvchilami kimyogar mutaxassisligiga qiziqtirishda darsda mavzuga oid mahsulot ishlab chiqarishlarni bayon etish bilan amalga oshiriladi.
Kimyoviy jarayonlarning o'quvchilar tomonidan o'tkazilishi (amaliy ishlarda) bu mehnat tarbiyasining negizi hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish jarayonida o'quvchilarga ekologik tarbiya berish alohida o'rinni egallaydi. O'qituvchi bu masalaga ikki tomonlama yondashadi:
1) inson va tirik organizrnlar hayot faoliyatidagi kimyoviy jarayonlarning ahamiyatini bayon etish. Masalan, stratosferada ozon qatlamining hosil bo'lishi, molekulyar azotning tabiiy hodisalar natijasida bog'langan azotga aylanishi va hoshqalar. Bu holatlar kimyoning tirik tabiatdagi ijobiy ahamiyatini ko'rsatadi;
2) kimyoviy ishlab chiqarishning atrofmuhitga ta'sirini o'rganmay turib, zavodlar qurish og'ir oqibatlarga olih keJishi (masalal1, Tojikistondagi alyuminiy zavodi) ko'rsatiladi. Bu esa insonparvarlik g'oyalari asosida tabiatdan foydalanish tuyg'usil1i keltiIib chiqaradi. Atrof-muhit muhofazasiga oid ishlar estetik tarbiyaga ham to'g'ri keladi. Kimyo o'qitishda estetik tarbiyani amalga oshirish o'quvchilaming kimyoviy jarayonlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Masalan, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda toza va oq xalatlar kiyish, tajriba bajarilgandan So’ng kimyoviy idishlarni tozalab yuvish, kimyoviy qurilmalarni estetik did bilan yig'ish, tajriba o'tkazish estetikasini egallash va boshqalar. Yangi pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga joriy qilishda musiqa va ashula fragmentidan foydalanish o'quvchilarni dars jarayoniga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi, dars samaradorligining yuqori bo' lishiga olib keladi.


Download 45.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling