Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish


I1g'or pedagogik texnologiyalar asosida kimyo ta'limini amalga oshirish o'quvchilar ongini rivojlantiruvchi vositadir


Download 45.72 Kb.
bet6/15
Sana14.12.2022
Hajmi45.72 Kb.
#1002951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
КУМ

I1g'or pedagogik texnologiyalar asosida kimyo ta'limini amalga oshirish o'quvchilar ongini rivojlantiruvchi vositadir
Axborot va innovatsion texnologiyalarning dars samaradorligiga ta'sirini o'rganishga oid o'tkazilgan ilmiy pedagogik tadqiqotlar nafaqat o'quvchilar tomonidan bilimlami egallashning muhim omili ekanligi, balki o'quvchilar ongini rivojlantirishda ham muhim vositaga aylanib borayotganligini ko'rsatmoqda. O'quvchilar ongi va dunyoqarashining rivojlanishida kimyoviy tajribalami ular tomonidan mustaqil bajarilishi, masalalar yechish ko'nikma va malakalarining hosil qilinishi, anorganik va organik moddalar sinflari orasidagi genetik bog'lanishlar kabi umumlashtirishlarni talab darajasida o'qitilishi muhim ahamiyatga ega. Rivojlantiruvchi o'qitishni amalga oshirishda o'quvchilarning mustaqil ta'lim olishi muhim omillardan biri hisoblanadi.Lekin an'anaviy o"qitish usullari bilan o'quvchilarning mustaqil ta'limini amalga oshirish qiyin muammoga aylanib qoldi. Innovatsion va axborot texnologiyasi asosida mustaqil ta'Jimni amalga oshirishga oid ilmiy-metodik tadqiqotlar va ta'limni amalga oshirish tajribalari bu muammoni hal qilish mumkinligini ko'rsatmoqda. Masalan, innovatsion texnologiyaning «Aqliy hujum», «Pinbord», «Klaster», «Loyihalash» texnologiyalari asosida o'quvchilar mustaqil ta'limining amalga oshirilishini qisqacha ko'rib chiqamiz. Jumladan, «Aqliy hujum» usulida mustaqil ta'limni amalga oshirish uchun kimyo kursining «Fosfor va uning birikmalari» mavzusini o'quvchilarga uyga vazifa qilib beriladi.Buning uchun o'quvchilar berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni mustaqil o'rganib kelishlari zarur.Mustaqil egallangan bilirnlar asosida o'quvchilar g'oyalar tayyorlaydi.G'oyalar o'qituvchi tomonidan tuzib berilishi ham mumkin. Seminar va amaliy mashg'ulotda dars rejasi bo'yicha tuzilgan har bir g'oya o'quvchilarga o'qib eshittiriladi. Masalan, birinchi g'oya «Fosforning kashf etilishi» bo'yicha.Bu g'oyani guruh bo'yicha hal qilishda guruhdagi o'quvchilar birin-ketin adabiyotlardan mustaqil tayyorlanib kelgan bilirnlari asosida javob beradilar.lavoblarni guruhdagi ikki o'quvchi yozib boradi. To'g'ri javoblar to'planadi, takrorlangan javoblar hisobga olinmaydi. Noto'g'ri javob uchun o'quvchi tanqid qilinmaydi. “Aqliy hujum” oxirida ularni tartibga solib, o'quvchilarga eshittiriladi.Taqdim qilingan g'oya bo'yicha o'quvchilarning bergan javoblarini keltiramiz. Birinchi o'quvchi XII asrda arab alkimyogari Alxid Bexil siydikni bug'latib hosil bo'lgan qoldiqqa ko'mir va qum qo'shib qizdirganda oq fosfor hosil bo'lganligini, bu modda qorong'ida mir sochish xossasiga ega bo'lgani uchun olinish tafsilotini uzoq vaqt sir saqlagan, deb tushuntiradi. Ikkinchi o'quvchi o'z javobida 1669-yilda nemis alkimyogari G.Brandt arablar qo'llagan usulda fosforni qayta olganligi, uning xossasini namoyish qilib ko'rsatish hisobiga boyib ketganligi va shuning uchun fosforni olinish tafsilotini sir saqlaganligi aytadi. Uchinchi o'quvchi javobida fosforning olinishiga bo'lgan qiziqish hozirgi vaqtgacha davom etib, uning 11 ta allotropik shakl o'zgarishi hosil qilinganligini qayd etadi.To'rtinchi o'quvchi javobida rus olimi S.I.Volfkovich fosforning havorang nur sochuvchi allotropiyasini kashf etganligini bayon etadi.Lekin javoblarda oq fosforning nur sochishi qanday jarayonlar natijasida sodir bo'lishi g'oyasi hal qilinmaganligiuchun o'qituvchi uni o'zi asoslab beradi.Oq fosfor turgan idishdagi bosim oshirilsa, u sho'lalanmay qoladi.Bu hodisa fosfor nur sochishida uning bug'lari ishtirok etishini ko'rsatadi. Gap shundaki, fosfor bug'idagi P4 holidagi uning molekulalari havoda sekiu o18idlang:mda ajraladigan energiya nur shaklida chiqadi. Shuning uchun oq fosfor qorong'ida nur sochadi. Mavzu rejasining 2,4-bandlari uchun tuzilgan g'oyalar ham guruhdagi o'quvchilarning faol ishtirokida hal qilinadi. Rejaning 2,4-bandi uchun tuzilgan g'oyalami keltiramiz Fosfor (V) oksidi, pirofosfat kislota, organizmdagi ATF, ADF tuzilishlaridagi o'xshashliklar nimalardan iborat? Qanday asoslaysiz? Fosfororganik birikmalar insonning hayotiy va genetik jarayonlarida qatnashishi to'g'risida nimalami bilasiz? Fosforli o'g'itlarning olinishini va undagi fosfor elemenlining organizm uchun zarurligini asoslab bering. Bu g'oyalaming hal qilinishi ham ishtirokchilarning juda katta qiziqishlariga va qizg'itl muhokamalarga olib kelganligi talabalami mavzuga oid bilimlarni yaxshi o'zlashtirganliklaridan dalolat beradi. Mustaqil o'qib kelish uchun berilgan mavzu bilimlarini o'quvchilar tomonidan qanday o'zlashtirganliklarini nazorat qilish o'quvchilarning g'oyani hal qilishlaridagi javoblariga ball qo'yish orqali aniqlanadi.Innovatsion texnologiyalarni joriy qilib, kimyo ta'limini amalga oshirishga oid dars jarayonlari kituyo fani chuqurlashtirib o'qitiladigan akademik litseylarda te18hiruvdan o'tkazildi.O'quvchilar bilimlarini nazorat qilish natijalari dars samaradorligi yuqori bo'lganligini ko'rsatdi.Bunda dars samaradorligining oshishi, birinchi navbatda, o'quvchilarning mavzuga oid mustaqil ta'limini talab darajasida amalga oshirilgandagina yuzaga chiqishi aniqlandi, a18 holda vaqtning ko'p sarflanishi hisobiga dars rejasidagi ta'linllli to'liq amalga oshirib bo'lmasligi kuzatiladi. Ko'rib chiqilgan mavzuni o'qitishda o'quvchilar ongini rivojlantirish vositasiga mazmunning qiziqarli hoida bayon qilinishi, o'quv jarayonining o'zaro muloqotlar asosida faol olib borilishi va natijada o'quvchilar faolligi oshishini kiritish mumkin.

Download 45.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling