Kimyo o’qitish jarayonida milliy istiqlol g’oyasi, vatavparvarlik, baynalminal, mexnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish
O'qitishning og'zaki bayon etish metodi
Download 45.72 Kb.
|
КУМ
O'qitishning og'zaki bayon etish metodi
Og'zaki bayon monologik va dialogik shakllarda olib boriladi. O'qitishning monologik shaklida tavsiflash, izohlash, so'zlab berish, ma'ruzalar o'qish, materialni bayon qilish, asosan, o'qituvchining o'zi tomonidall amalga oshiriladi.Tavsiflashda fandagi kuzatishlar, tajribalardan olingan amaldagi natijalar bilan o'quvchilar tanishtiriladi. MasaJan, sanoat korxonalari chiqindilarining zararli ta'siridan atrof-muhitni himoya qilish usullari - biror elementning tabiatda aylanishi, kimyoviy jarayonning borish yo'Ii, biror asbob va qurilmalami tavsiflash va boshqalar. Bunda kO'rgazmalilikdan foydalanish zarur hisoblanadi.Izohlashdan hodisalarning mohiyatini o'rganishda, o'quvchilarni nazariy umumlashtirishlar bilan tanishtirishda foyda1aniladi. Masalan, 7-sinfda atom-molekulyar ta'limot nuqtayi nazaridan massaning saqlanish qonunini izohlash, 8-sinfda elementIar xossalarining davriy qaytarilishi sabablarini ochib berish, reaksiyaJaming qaytmaslik va qaytarlik jarayoni sabablarini bayon etish va boshqalar. Bunda ayrim dalillar va tushunchalar orasidagi bog'Janishlar ochib beriladi. Izohlashda asosiy narsa ravonlik va aniqlikdir. U bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligini saqlash, o'quvchilarga ma'lum bo'lgan bilim1arga yondashish, atamalarning tushunarli bo'lishi, doskaga to'g'ri yozish, tushunarli misollar keltirish kabilar orqali amalga oshadi. Ma'ruza o'qituvchining ko'proq vaqt materia1ni monologik bayon qilish shaklidir. U ko'rgazmali vositalardan foydalangan holda tavsiOash, izohlash, so'zlab berish va boshqa1arni o'z ichiga oladi. Maktab ma'ruzasi oliy o'quv yurti ma'ruzasidan davom etish vaqti bilan farqlanadi.Maktab ma'ruzasi 30 minutdan oshmaydi.Maktab ma'ruzasidan 9-sinfda foydaJanish mumkin. «Elektroliz», «Metallar va qotishrnalar», «Polirnerlanish reaksiyalari», «Oqsil molekulalarining strukturasi» kabi mavzulami ma'ruza usulida o'qitish mumkin. Ma'ruza bayonini o'quvchilar diqqat bilan faol eshitishi hamda daftarga yozib olishi kerak.O'qituvchi monologik bayon qilishda o'z nutqiga alohida e 'tibor berishi zarur. Nutq aniq, ravon, juda qattiq va juda sekin bo'lmasligi lozim. O'qituvchi o'z nutqida keraksiz so'zlar ishlatmasligiga e'tibor qaratishi kerak. Download 45.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling