I. Amaliy kimyo yuzasidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar.
To’garakda amaliy kimyoga, ya’ni moddalar hosil qilishga oid mashg’ulotlar juda xilma-xil sohalarda o’tkazilishi mumkin.
Amaliy kimyoga oid tajribalar tanlashda, asosan, eng ko’p tarqalgan moddalardan, har xil chiqindilardan va shu kabilardan foydalanishga doir tajribalarga e’tibor berish lozim, chunki bu tajribalar qimmat turadigan reaktivlar talab qilmaydi. Kimyo to’garagi ishida, masalan, tozalanmagan mis qiyqimlaridan toza mis, mis kuporosi, mis (II)-xlorid, mis (II)-digidroksikarbonat, mis (II)-oksid; temir-tersakdan temir (III)-oksid, qaytarilgan temir, temir kuporosi; osh tuzidan novshadil, o’yuvchi natriy; kuldan potash, kaliy xlorid, kaliy nitrat; marmardan esa kuydirilgan ohak, ohakli suv, kalsiy xlorid, gips va boshqalar olish katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Amaliy kimyoga oid ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilarning moddalar hosil qilish va moddalarni tozalash texnikasidan amaliy malakalar olishiga erishish juda muximdir. Ammo o’rta maktabning asosiy vazifasini -o’quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qila borish vazifasini esdan chiqarmaslik kerak. O’quvchilarni bajariladigan operatsiyalarga ongli munosabatda bo’lishga odatlantirish lozim. Ammo bu, o’quvchilarni ma’lum retseptlar asosida ishlashga o’rgatmaslik kerak degan gap emas, albatta. Mendeleev zamaskasi, elim, oynaga yozish uchun ishlatiladigan qalam, indikator eritmasi va boshqalar hosil qilish ham ammoniy kimyo bo’limiga kiritilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |