Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari


Download 139.5 Kb.
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi139.5 Kb.
#243622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ksti


Mavzu: 7-sinfda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar.

Kimyo to’garaklarini tashkil etish metodikasi.
Reja:

1) Kimyo to’garagini tashkil etish.

2) Amaliy kimyo yuzasidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar.

3) To’garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg’ulotlari.

4) To’garakda agrokimyodan o’tkaziladigan mashg’ulotlar.
Kimyo to’garagiga o’qituvchi mohirlik bilan rahbarlik qilsa, to’garak ko’p yillar davomida to’xtovsiz ishlaydi. Har qaysi o’quv yilining boshida kimyo to’garagi tashkil etish va o’quv yilining oxirida bu to’garakni yopish to’garak ishini tamomila izdan chiqaradi. To’garak normal suratda ijodiy ish olib borsa, o’quvchilar to’garak ishlariga shunchalik qiziqib ketadilarki, yozgi kanikul vaqtida ham to’garakdan ajralgilari kelmaydi; maktabni tamomlab ketganlaridan keyin ham o’z maktablaridagi kimyo to’garagi bilan aloqa bolab turgan yosh kimyo havaskorlari ko’p bo’lgan. O’rta maktab kimyo to’garagidan chiqqan mohir mutaxassislar oz emas.

Ilg’or maktablarda kimyo to’garagi quyidagicha tashkil etiladi. Dastavval, a’lo o’qiydigan va kimyoga eng qiziqadigan bir necha o’quvchidangina iborat tashabbuskor gruppa tuziladi. Tashabbuskor gruppaning har qaysi a’zosi ma’lum vaqt biror masala bilan shug’ullanadi. Gruppaning har bir a’zosi o’zi bajargan ishni yaxshilab tartibga soladi va barcha o’quvchilarga so’zlab beradi. O’qituvchi tashabbuskor gruppa a’zolarining axborotini ravshan va qiziqarli qilib izohlaydi. O’quvchilarda kimyoga havas uyg’onadi. Ana shundan keyingina, kimyo to’garagining tashkil etilishi, uning vazifalari va qaysi sohalarda ish olib borishi to’g’risida so’zlanadi. Tashabbuskor gruppaning sinfdan tashqi ishlarni muvaffaqiyat bilan bajargan uch-besh a’zosi kimyo to’garagi byurosi sostaviga kiritiladi, byuroning raisi va kotibi saylanadi. Byuroning raisi o’quvchilarni kimyo to’garagi to’g’risida oldindan ishlab chiqilgan nizom bilan shu erning o’zida tanishtiradi. Kimyo to’garagiga kimyo bilan darhaqiqat qiziqadigan va kimyoni yaxshi o’zlashtirayotgan, shuningdek, mustaqil ishda faol ishtirok etishni istagan o’quvchilar qabul qilinadi.

Ba’zi maktablarda kimyo to’garagi sein-asta rivojlanib borishi bilan seksiyalarga bo’linadi. To’garakni seksiyalarga bo’lishda o’quvchilarning tayyorgarligi va to’garak ishining mundarijasi hisobga olinadi.

Kimyo to’garagida, ko’pincha a) amaliy kimyoga; b) kimyoviy asbob va modellar yasashga; v) agrokimyo asoslariga; g) eng oddiy kimyoviy analizga oid mashg’ulotlar o’tkaziladi.




Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling