Kimyo sanoati texnologiyalari va elektroenergetika
Download 0.62 Mb.
|
6-ma’ruza
Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. „Elektrkimyosanoat“ AJ (Chirchiq), Fargʻona „Azot“ i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq „Ammofos“ AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi.Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona boʻlgan korxonasi — Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 yilda ishga tushiriladi.Rezina mahsulotlari Angren „Rezinatexnika“ AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan „Rezinatexnika“ AJ 1987 yildan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 1992 yildan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.Respublikada plastmassa va propilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron „Santexlit“, „Jizzaxplastmassa“ AJ), turli markadagilok – boʻyoq mahsulotlari („Toshkent lok-boʻyoq zavodi“ AJ, 1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargʻona furan birikmalari zavodi), maishiy kimyo tovarlari ["Maishiy kimyo" AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo zavodi, 1971 (hoz. Rossiyadagi „Kalina“ konsernining „Pallada-Vostok“ shoʻʼba korxonasi); Toshkent yogʻ-moy kti tarkibida sintetik yuvish vositalari zavodi, 1971] ishlab chikaradigan korxonalar ishlaydi.Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling