Kimyo sanoati texnologiyalari va elektroenergetika
Download 0.62 Mb.
|
6-ma’ruza
Urushdan keyingi yillarda 1946 yilda Qoʻqon, 1957 yilda Samarqand superfosfat zavodlari ishga tushirildi va bu zavodlar respublika qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qildi. Buxoro viloyatida Gazli gaz koni ishga tushirilishi bilan tabiiy gazdan foydalanish asosida 1963 yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, 1964 yilda Navoiyda kimyo kombinati ishlay boshladi. 1958—65 yillarda Olmaliq kon metallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyoʻl gidroliz zavodi qurildi. 1965 yilda respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 yilda Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi.20-asrning 90-yillari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan K.s. barpo etildi. 1990 yilda 1762 ming t mineral oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.1991 yilda respublika K.s. korxonalari negizida „Oʻzkimyosanoat“ konserni tashkil etildi. 1994 y. yanvarda konsern „Oʻzkimyosanoat“ uyushmasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 13-martdagi „Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaroriga muvofiq, „Oʻzkimyosanoat“ ochiq aksionerlik jamiyati (AJ) shaklidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan Oʻzbekiston K.s. korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investitsiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va maʼqullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. „Oʻzkimyosanoat“ kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qoʻshma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan koʻprogʻi yirik zamonaviy korxonalardir.Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling