Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Suyuq xom ashyolarni boyitish


Download 65.99 Kb.
bet10/12
Sana30.01.2024
Hajmi65.99 Kb.
#1808811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org

3.4 Suyuq xom ashyolarni boyitish. 
Suyuq aralashmalarning (eritmalar) tarkibidagi moddalarni bug`lantirish,
muzlatish, to`yintirish, komponentlarni cho`kmaga tushirish, ekstrektsiyalash yoki
retifikatsiyalash orqali ajratadilar yoki kontsentrlaydilar.
Bug`lantirish, kislotalar, asoslar, tuzlarni va mineral o`g`itlarni tarkibidagi
suvni yo`qotish uchun qo`llaniladi. Muzlatish bilan odatda qish paytlarida tabiiy
sho`robalar kontsentrlanadi. Ko`pgina kimyoviy ishlab chiqarishlarda dastlabki va
aylanma eritmalar foydali komponentlar bilan to`yintiriladi. Masalan, tabiiy
sho`robalarda osh tuzini eritib to`yintiriladi va soda ishlab chiqarish uchun dastlabki
ashyo sifatida foydalniladi. Glinozyom ishlab chiqarishda osh tuzi elektrolizida
aylanma eritma to`yintiriladi. Komponentlarni cho`kmaga tushirish uchun
eritmalarga cho`ktiruvchi reagentlar qo`shiladi, natijada kimyoviy reaksiya borib
yoki asosiy komponent, yo begona aralashmalari kristall holda cho`kmaga tushadi.
Yoki eritmadagi kalloid aralashmalarni, polimerlarni kaogulyatsiyaga uchratadi va
cho`ktiradi. Bu usuldan mineral tuzlar, organik moddalar ishlab chiqarishda
polimetall rudalarni qayta ishlab rangli metallarning kontsentratlarini olishda keng
foydalaniladi. Neft kimyosi ishlab chiqarishida va organik sintezda suyuq
aralashmalarni
ajratishda,
asosan,
suyuqliklarda
ekstraktsiyalash
va



rektifikatsiyalash keng qo`llaniladi. Suyuqliklarda ekstraktsiyalash bir-biri bilan


aralashmaydigan suyuqliklar yordamida eritma tarkibidagi komponentlarda birini
yoki bir nechtasini selektiv (tanlab) eritish orqali ajratiladi. Bunda eritib oluvchi –
selektiv erituvchi eritma bilan ikki qatlam hosil qiladi. Shundan foydalangan holda,
ular ajratib olinadi, erituvchi haydaladi va yana erituvchi sifatida ishlatiladi,
erituvchidan qolgan moddalar esa aralashmalar sifatida alohida olinadi. Masalan:
nitrobenzol, furfurol yoki boshqa qutbli erituvchilar yordamida surkov moylari turli
zararli aralashmalardan tozalanadi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, moy
kislotalari va boshqa ko`pgina organik moddalarni ajratib olishda ekstraktsiyalovchi
modda sifatida dietil efir, benzol, dimetilformamid, xloroform va boshqalar
ishlatiladi. Rektifikatsiya, neftni qayta ishlashda va organik moddalar ishlab
chiqarishda keng qo`llaniladi. Bu usul moddalarning qaynash xaroratsining har
xilligiga asoslangan bo`lib, moddalarni tozalash va ajratish maxsus apparatlarda –
rektifikatsiya minoralarida olib boriladi.

Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling