Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari


KIRISH Kurs ishining dolzarbligi


Download 235.5 Kb.
bet2/9
Sana29.01.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1138794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Muxlisa kurs ishi

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajagidagi oʻrnini juda yaxshi anglagan. Buning yorqin dalili sifatida Imom Buxoriyning oʻn ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay ” degan fikrlarini keltirish mumkin.
Globallashuv davrida ham taʼlim, bilim, zakovat tushunchalari oʻz oxorini yoʻqotmadi, aksincha dolzarbligi yana-da oshdi. Ilmni saodat deb bilgan xalq borki, rivojlanishga yuz tutishi muqarrar. Asosiy investitsiyasini taʼlim tizimiga kiritadigan mamlakat albatta ulkan yutuqlarga erishadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishidagi nutqi ham shundan dalolat beradi. Unda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, taʼlim va fan taraqqiyoti bilan bogʻliq saʼy-harakatlar butun davlatning vazifasi boʻlgani sababli uni umummilliy harakatga aylantirish masalasi koʻtarilgani katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Ushbu maʼnoda, Oʻzbekiston uchun Finlyandiya taʼlim tizimini namuna sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi eʼtirof etildi.
President o’z maʼruzasida ziyolilar, jumladan, oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalasi ilgari surilgani bejiz emas. “Taʼlim toʻgʻrisidagi kodeks”ni qabul qilish, istiqbolda butun taʼlim jarayonini muvofiqlashtiruvchi yagona huquqiy tizimni yaratish gʻoyasini ilgari suradi.
Yangi Oʻzbekiston poydevori maktabdan boshlanishini davlatimiz rahbari koʻp bor taʼkidladilar. Maktabga oid islohotlar rivojlanish yoʻlidagi ilk qadamdir. Bugungi kunda taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom va goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mutaassiblik va turli yot gʻoyalarga koʻr-koʻrona ergashishni rad etish, qisqacha aytganda – komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.
Prezidentimiz tomonidan har bir viloyat taʼlim boʻyicha oʻz tajribasini ishlab chiqishi kerakligi, oʻqituvchilarning toifalarini qayta koʻrib chiqish kerakligi qayd etildi. “Mening eng katta kuchim – muallimlar va ziyolilardir”, deb taʼkidlaganlari ham faxr, ham masʼuliyat talab etadi.
Bugun tobora kuchayib borayotgan talablarga javob berish maqsadida harakat qilish zarurligini chuqur his etyapmiz. Oldinga, yangilanish sari qadam qoʻyish uchun esa xalqimiz asrlar davomida toʻplagan bebaho tajriba, yaʼni kadrlar tayyorlash boʻyicha hamda ilmiy-taʼlimiy sohada erishilgan yutuqlar, uslubiy, tuzilmaviy, moddiy va nihoyat innovatsion rivojlanish tajribasini hisobga olish va undan foydalanish lozim.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, masofaviy oʻqitishni kengaytirish, qizlarni oliy taʼlimga qabul qilishda alohida grantlar ajratish vazifalari belgilab berilgan edi. Ana shu asosda mamlakatimizda oliy maʼlumot olaman, oʻz ustimda ishlab, ilmli boʻlaman degan, yuragida oʻti bor, gʻayrat-shijoatli yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma shart-sharoit yaratilmoqda. Yangi oliy taʼlim muassasalari, yetakchi xorij universitetlarining, shuningdek, yurtimizdagi mavjud oliy taʼlim muassasalarining hududlarda filiallari ochilmoqda.
Bugun taʼlim muassasalari zimmasida nafaqat bilimli yoshlarni tarbiyalash, shu bilan birga, yosh avlod tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish vazifasi turibdi. Yoshlarimiz qanday ulugʻ zotlarning avlodlari ekanliklarini har qadamda his etishlari, bunday tarbiya bera olish uchun pedagoglardan tinimsiz izlanish, mashaqqatli mehnat talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yosh avlod ma'lum bilimlar yig'indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma'naviyat va ma'rifat egasi bo'lib, o'zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo'lishi kerak.
Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir.
O'qituvchi-mukammal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak.
O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qola boshlaydi.
Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.
Har bir sohada, ayniqsa tabiiy fanlarni o’qitish jarayoniga katta ahamiyat berilmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida 2020 yil 12-avgustdagi 4805-sonli qarorining qabul qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bu qonun doirasida kimyo va biologiyani ta’lim muassasalarida o’qitish jarayoniga alohida e’tibor berish kerakligi, kimyo va biologiya fanlariga oid bir necha maktablarning ochilishi bu sohadagi katta o’zgarishlarning yaqqol ifodasidir.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling