KIMYO TARIXI FANIGA KIRISH. KIMYONING VUJUDGA KELISHI. - Reja:
- 1.Kimyo tarixini o’rganish harakatlari va uni davrlarga bo'linishi.
- 2.Kimyo tarixining davrlarga bo’linishi.
- 3.Kimyoning vujudga kelishi.
Kimyo tarixiing vazifasi - Talabalar kimyoni faqat bugungi kundagi o‘rnini tasavvur qilish bilan chegaralanmasdan u yoki bu yutuqlarga tasodifiy ravishda emas, chuqur izlanishlar, ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida qilingan urinishlar, yaratilgan noto‘g‘ri va to‘g‘ri gipotezalarning o‘rin almashuvi tufayli erishilganligini tarixiy ma’lumotlarga tayangan holda ilmiy asosda bilib olishiga erishishdan iboratdir.
- “Kimyo tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari shundan iboratki, avvalo kimyo so‘zining kelib chiqish tarixini aniqlab, dastlab hunar sifatida maydonga kelgan kimyoning rivojlanish bosqichlari bilan tanishishdir, alximiya fanining asossiz ravishda 1200 yil davomiylik sabablarini tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish, kimyoning fanga aylanishiga yo‘l ochib bergan omillar va olimlar bilan tanishish, kimyo qonunlarining kashf qilinish tarixini o‘rganish va uning hozirgi zamondagi istiqbolli yo‘nalishlari va muammolarini tahlil qilishdan iboratdir.
- Kimyo fani tarixini o’rganishdagi harakatlar.
- Kimyo tarixi inson madaniyati tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu madaniyat ijtimoiy va madaniy qadriyatlar tizimida moddiy va ma’naviy inson hayotining rivojlanish tarixi deb tushunmoq lozim. Tabiiy fanlar ichidan mustaqil fan tarmog'i sifatida Kimyo fani taraqqiyoti qiziqishlarga sabab bo’ldi va bu bir qancha davrlarni bosib o’tdi. Kimyo fani to XVII asrgacha hunar, san’at ko'rinishida namoyon bo‘lgan. R. Boyl kimyoning asosiy tushunchalarini ta'riflab mustaqil fan bo’lа oladi deb ta'kidlab o’tgan. Rus olimi М. V. Lomonosov kimyoni fan deb atay boshlagan. Kimyo fani fan sifatida shakllanishi juda katta davrni o‘z ichiga oladi. Shu davrlarni o'rganish olimlar tomonidan chuqur izlanishlari natijasida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |