Kimyo-texnalogiya akulteti dekani B. Nurimbetov
Emulsiya tayyorlash (Benzolning va paxta moyining suvdagi emulsiyasi)
Download 1.07 Mb.
|
kolloid kimyo 6-loboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba bo’limi Ishning maqsadi
Emulsiya tayyorlash (Benzolning va paxta moyining suvdagi emulsiyasi)
Benzolga suv qo'shib chayqatilsa, emulsiya hosil bo'ladi, ammo emulsiya tezda benzol va suv qavatlariga ajralib ketadi. Barqaror emulsiya hosil qilish uchun aralashmaga dastavval emulgator qo'shib keyin chayqatish kerak. Emulgator sifatida odatda sovun ishlatiladi. Emulsiya hosil bo'lishida sovun 2 faza chegarasida adsorbsion qavat hosil qiladi, bu qavat o'zining tuzilishi bilan emulsiyaga barqarorlik xossa beradi. Elektrik qutblanuvchi birikmalar (sovun shunday birikmalarga kiradi) molekulalari chegara qavatida juda aniq tartibda joylashadi. Molekulaning elektrik qutblanuvchi (zaryad tutuvchi) qismi hamma vaqt suv tomonga yo'nalgan bo'ladi. Sovun molekulalari ravshan ifodalangan qutblanuvchi xususiyatiga ega, ularning tuzilishi R-COONa formulada ifodalash mumkin, bunda R-uglevodorod radikalini bildiradi. Sovun molekulasiga -COONa guruh qutblanuvchanlik xossa beradi. Bu guruh elektrolit dissotsiyalanish qobiliyatiga ega bo'lib, dissosiyalanganda R-COO- va Na+ ionlarni hosil qiladi. Benzolga suv qo'shib chayqatilganda sovun molekulalari tomchilariga adsorbilanadi, bunda -COONa guruhlar suv tomonga yo'nalgan bo'ladi. RCOONa molekuladan Na+ ioni ajralib chiqadi va tomchi zaryadlanadi, shuningdek emulsiya zarrachasining tuzilishi sxema tarzda quyidagicha ifodalanishi mumkin: Moyning suvdagi barqaror emulsiyasini hosil qilish uchun bura qo'shiladi, bu emulsiya qanday hosil bo'lishi ham shunga o'xshash sxema yordamida izohlab berilishi mumkin. Tajriba bo’limi Ishning maqsadi. Emul’siyalar hosil qilish bilan tanishish. Kerakli jixozlar va reaktivlar. 100 ml li kolba, o’lchov tsilindri, 5 ml pipetka, toluol, moy, 2% li sovunning spirtli eritmasi, kristall xoldagi bura Na2B4O7. TOLUOL EMUL’SIYASINI OLINISHI Ishning bajarilishi. Probkali ikkita 100 ml konussimon kolbaga 25 ml. dan toza suv olib, har ikkalasiga 5 ml. dan toluol qo’shing. Bundan tashqari, kolbalardan biriga 5 ml 2% li sovun eritmasidan qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qaysi kolbada emul’siya hosil bo’ladi? Nima uchun? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling