Kimyo-texnologiya


Berilgan mahsulot tavsifi


Download 290.53 Kb.
bet2/10
Sana09.02.2023
Hajmi290.53 Kb.
#1182682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
issitish issiqlik almashinish Ravshanbek

Berilgan mahsulot tavsifi
Toluolni oksidlashni davom ettirib malein angidrid olinadi. Bu
usulning qulayligi butunlay oksidlagandagiga qaraganda mahsulotni
aralashmalardan tozalash oddiydir. Anilin hozirgi vaqtgacha asosan benzolni nitrollab, so‘ngra nitrbenzolni bug‘ fazada gidrogenlab olinadi. Anilin fenolni ammonoliz qilib olinishi ham mumkin. Anilinga talab ortishi natijasida uni poliuretan g‘ovak plastlar sanoati uchun xom ashyo sifatida ishlatishga imkon berdi. Toluolni bug‘ fazada katalitik gidrogenlab (Su va So katalizatori ishtirokida) bifenil va n–terfenil olinadi, ularni yuqori haroratda issiqlik tashuvchilar sifatida ishlatiladi.Neft kimyo sanoatida toluolni ishlatishning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan. Ishlab chiqariladigan toluolning 15% ga yaqini uglerod bo‘lmagan organik birikmalarni sintezi uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Toluolning ma’lum qismi benzol va ksilollarni gidrodealkillash, metil guruhni disproprotsionirlash yoki arenlar S9 ishtirokida transalkillashda ishlatiladi.
Toluol erituvchi va benzinga yuqori oktanli qo‘shimcha sifatida Toluol asosida uglerodsiz sintezlarning muhim yo‘nalishlaridan biri 2,4,6–trinitrotoluol sanoati hisoblanadi, undan portlovchi moddalar olinadi. Shuningdek, benzol kislotasi sanoati va so‘ngra siklogeksan karbon kislotaga nitrozil sulfat kislota ta’sir qildirib
kaprolaktam olinadi. Benzol kislotani mis (II)–tuzlari ishtirokida oksidlab salitsil kislota va uni dekarbosillab oxirida fenol olinadi n–toluol aldegid toluolni borftorvodorod kislota ishtirokida karbonillab olinadi, so‘ngra aldegidni oksidlab tereftal kislotasi olinadi. Toluolni xlorlab benzil xlorid olinadi, uni oksidlovchilar ishtirokida ammonoliz qilinganda benzonitril sintez qilinadi.
Toluolni nitrolab 2,4–dinitrotoluol, undan esa toluilendiizotsianat poliuretan sanoati uchun monomer ishlab chiqariladitida keng qo‘llaniladi.Toluolning oksidlanishi. Kaprolaktam sanoatida qiziqarli usullardan biri toluolning oksidlanishi hisoblanadi.
Toluolning suyuq fazada katalitik oksidlanishi (kobalt yoki marganets organik tuzlari) 150–170 0S va 1 MPada borganda benzol kislotasi hosil bo‘ladi. Toluolni oksidlash kobalt atsetat ishtirokida 70–90 0S haroratda kislorodning sirka kislotasidagi eritmasida olib borish modifikatsiyalangan usul hisoblanadi. Benzol kislota chiqimi 85–90 % ga teng. So‘ngra benzol kislotasi nodir metallar katalizatorligida suyuq fazada gidrirlanadi. Hosil bo‘lgan siklogeksan karbon kislotasi nitrazil sulfat kislota (NO)HSO4 bilan ishlov beriladi va kaprolaktam olinadi. Benzol kislotani 220–250 0S da dekarboksillab fenol olish usuli ishlab chiqilgan: fenol chiqimi 85 % ga teng.

C6H5COOH→ S6N5ON+SO2





Download 290.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling