Kimyodan javoblar


Download 388.29 Kb.
bet21/26
Sana29.01.2023
Hajmi388.29 Kb.
#1139001
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
KIMYODAN JAVOBLAR

Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalariga ko‘ra kremniy uglerod singari metallmas hisoblanadi, lekin uning metallmasligi sustroq ilodalangan, chunki uning atom radiusi katta. Kremniy atomlarining tashqi energetik pog‘onasida 4 ta elektron bo‘lgani sababli kremniy uchun +4 va -4 oksidlanish darajalari xos (kremniyning oksidlanish darajasi +2 bo‘lgan birikmasi ham ma’lum).
Kremniy odatdagi sharoitda ancha inert, buni kristall panjarasining puxtaligi bilan tushuntirish lozim. Kremniy bevosita faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:
Si+2F2=SiF4 kremniy florid
Kislotalar (ftorid HF va nitrat H N 03 kislotalarning aralashmasidan tashqari) kremniy ta’sir etmaydi. Lekin u ishqoriy metallaming gidroksidlarida erib, silikat kislota hamda vodorod hosil qiladi:
Si+20H~+H20= SiOj’ +2H2T
Elektr pechda yuqori haroratda qum bilan koks aralashmasidan kremniy karbid SiC (karborund) olinadi:
Si02+2C=SiC+C02
Karborundning kristall panjarasi olmosnikiga o'xshaydi, unda kremniyning har qaysi atomi to'rttaga uglerod atomi bilan va har qaysi uglerod atomi to'rtta kremniy atomi bilan qurshab olingan; ularda kovalent bog'lanishlar olmosdagi kabi juda puxta bo'ladi. Shuning uchun u qattiqligi jihatdan olmosga yaqin turadi. Kremniy karbiddan charxtoshlar va silliqlash toshlari tayyorlanadi.
Kremniyning metallar bilan hosil qilgan birikmalari silitsidlar deyiladi. Masalan:
Si+2Mg=Mg2Si magniy silitsid
Silitsidga xlorid kislota ta’sir ettirilganda kremniyning vodorodli eng oddiy birikmasi — silan SiH4 olinadi:
Mg2Si+4H+=2Mg2++SiH4T
Silan — qo‘lansa hidli zaharli gaz, havoda o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi:
SiH4+ 2 0 2= S i02+2H20
Maydalangan kremniy kislorod bilan qizdirilganda yonib, kremniy (IV) oksid hosil qiladi:
S i+ 02—Si02
Bunda ko'p miqdorda issiqlik chiqadi, bu esa Si02 da atomlar orasidagi boglanish juda puxta ekanligini ko'rsatadi.
Yuqori temperaturalarda kremniy ko'pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi.



Download 388.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling