Kimyodan yozilgan birinchi darsliklarni ayting?


Alximiya davrining asosiy belgi va xulosalari nimalardan iborat?


Download 21.79 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.79 Kb.
#1035166
TuriKompozisiya
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu (1)

42. Alximiya davrining asosiy belgi va xulosalari nimalardan iborat?
Alximiya davrining asosiy belgi va xulosalari quyidagilardan iborat.
1. Hamma alximiklar metallar transmutasiyasi bo’ladi deydi va shu maqsad yo’lida ishlaydi. Ibn-Sino uni mumkin emas deb ta’kidlagan. Parasels va Libaviylar bu asosiy masala emas deb ko’rsatgan. [ XVII asr oxirida Boyl ham transmutasiyaga ishongan, Nyuton ham oltin olish reseptini izladi.]
2. Alximiklarning asosiy ta’limoti qadimiy grek filosoflarining 4 elementiga asoslanadi (tuproq suv, olov, havo). Arab alximiklari qarashlariga asosan hamma modda shu elementlar kombinasiyalaridan hosil bo’ladi deydi va bunday kombinasiyalarga simob, oltingugurt tuz qo’shilsa oltin ham olish mumkin deydi.
3. Ba’zi bir afsonaviy fikrlar paydo bo’ldi. Masalan, 7 metall va 7 planeta. Libaviy aniq yozishni va doimo aniqlikni talab qildi.
4. Alximiklar kimyoviy eksperimentni o’tkazish maqsadida turli xil usullar va laboratoriya jihozlari yaratdilar. Alximiklar juda ko’p material to’pladi. [Naturfilosoflar faqatgina dunyoni passiv kuzatib turdilar.] Eng keyingi alximiklar amaliyot masalalari bilan shug’ullandilar (Ibn-Sino, Agrikola, Parasels, Glauber).
5. Nazariya va amaliyot alohida-alohida rivojlanganligini, kimyoning fan sifatida tan olinmaganligini va bu davrda asosan - geometriya hamda astronomiyalar fan sifatida vujudga kelganligini ko’ramiz. Kimyoning asosiy muammosi hal qilinmadi va yuzaga kelgan savollarga nazariy javob topilmadi.
Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling