Hajmiy nisbatlar qonuni. Gey-Lyussak (1804-1808yy) gaz moddalar
orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni o’rganib chiqib, o`z ishlarining
natijalarini oddiy hajmiy nisbatlar qonuni yoki “Kimyoviy” qonuni deb e`lon qildi.
O’zgarmas sharoitda reaksiyaga kirishuvchi gaz moddalarning hajmlari bir-
biriga va hosil bo’luvchi gazsimon moddalar hajmlariga butun sonlar kabi
nisbatda bo’ladi.
Masalan: H
2
+Cl
2
=2HCl
2H
2
+O
2
=2H
2
O
3H
2
+N
2
=2NH
3
Birinchi misolda qonun to’g’ridek, yani 1 hajm vodorod gazi 1 hajm xlor
gazi bilan o`zaro tasirlashib 2 hajm vodorod xlorid gazini hosil qilmoqda (1h + 1h
= 2h), ikkinchi va uchunchi misollarda go`yoki qonundan chetga chiqilayotgandek
tuyiladi. Jumladan ikkinchi misolda; 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan
tasirlashib 2 hajm suv bug`ini hosil qilmoqda (kutilganidek 3 hajm emas), uchinchi
misolda esa 3 hajm vodorod 1 hajm azot bilan tasirlashib 2 hajm ammiak gazini
hosil qilmoqda (kutilganidek 4 hajm emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |