Kimyoning asosiy qonunlari va tushunchalari. Reja: Modalar massasining saqlanish qonuni


Download 205.32 Kb.
bet5/6
Sana28.01.2023
Hajmi205.32 Kb.
#1136419
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyoning asosiy qonunlari va tushunchalari.

^ 2.6. Ideal gaz qonunlari

1860 yilda Germaniyaning Karlsrue shahrida chaqirilgan kimyogarlarning Xalqaro s’ezdida «atom», «molekula» va «ekvivalent» tushunchalariga aniq ta’rif berildi. Shundan keyin atom va molekula tushunchalari asosida atom-molekulyar ta’limot yaratildi. Gaz holatidagi moddani tavsiflash faqat ekvivalentlar qonuni bilan cheklanmaydi; Avogadro, Sharl, Gey-Lyussak va Boyl-Mariott qonunlariga ham bo‘ysunadi. Avogadro qonuni: o‘zgarmas bosim va o‘zgarmas temperaturada hamma gazlarning baravar hajmida bir xil miqdorda molekulalar (yoki gazning mol miqdorlari) bo‘ladi. Binobarin, har qanday gazning hajmi uning mol sonlariga proporcionaldir:




v=(constn)R,T yoki V1/V2=n1/n2

bunda: n, va n2 — gazning V} va V2 hajmlardagi mol sonlari, R,T indekslari shu fizik kattaliklar doimiy qolgan holatini anglatadi.



^ Sharl — Gey-Lyussak qonuniga muvofiq:

a) o‘zgarmas bosimda o‘zgarmas gaz massasidan hajmi gazning absolyut temperaturasiga proporcional bo‘ladi:

V=(constT)r,m yoki 

bu yerda: T-273.15+t0; uni darajaning Kelvin shkalasi deyiladi (K harfi bilan yoziladi).

b) o‘zgarmas hajmda o‘zgarmas gaz massasining bosimi gazning absolyut temperaturasiga proporcional bo‘ladi:

R=(constT)V,m yoki 

Gazning bosimi, hajmi va temperaturasi orasidagi bog‘lanish ideal gazning holat tenglamasi yoki ^ Klapeyron tenglamasi bilan ifodalanadi:

Fizikada gazning normal holati deb, uning T=273,15 K va R=101,325 kPa bosimdagi holati qabul qilingan.

Gazning hajmini normal sharoitga keltirish uchun formuladan kelib chiqadigan tenglamadan foydalaniladi:

Bu formulada V gazning tajriba sharoitidagi bosim va temperatura T (273,15+t0 dagi) hajmi. Yuqorida keltirilgan tenglamaning chap tomoni bir mol gazga ta’luqli bo‘lib, o‘ng tomoni esa gazning massasiga bog‘liq bo‘ladi. Xaqiqatdan ham R=101,325 kPa, T=273,15 K da V0=22,41410-3 m3 (yoki 22,4 l) bo‘ladi. Bu hajm gazning molyar hajmi (ba’zan K ko‘rinishda belgilanadi) deb ataladi. Tenglamaning chap tomoninini R harfi bilan belgilaymiz. U holda bir mol ideal gaz uchun:



PV=RT


mol gaz uchun RV=pRT yoki RV = m/MRT ga ega bo‘lamiz.

Bu tenglama Klapeyron-Mendeleev tenglamasi nomi bilan yuritiladi (bu yerda: m - gazning massasiM— uning mollekulyar massasi. m:M=p—mol soni). Bu tenglamadagi R—gazning unniversal doimiysi deb ataladi. Uying qiymatini hisoblash qiyin emas.

1) I mol gaz standart sharoitda (273,15 K va 1 atm. bosimda) 22,4 l hajmni egallashidan foydalanib, R ning qiymatini hisoblaymiz:



2) 1 atmosfera —Yernnng tortish kuchi tezlanishi g=980,67 sm*s-2 bo‘lgan joyidagi 76 sm simob ustuni bosimiga teng, ya’ni:

1 atm=0,76 m-13,595 *103 kg-m-3*980,67 m*s-2 = 101325 kg*m-1s2=101325Nm-2=101,325kPa.

Binobarin,




bo‘ladi.

Endi ideal gaz uchun ta’rif beramiz: xar qanday bosim va xar qanday temperaturada Klapeyron Mendeleev tenglamasiga bo‘ysunadigan gaz, ideal gaz deb ataladi.

Universal gaz doimiysining fizik ma’nosi: R ning qiymati o‘zgarmas bosimda 1 mol gaz 10 isitilganda uning kengayishi uchun bajaradigan ishga tengdir. Faraz qilaylik temperaturasi T bo‘lgan 1 mol gaz P bosimda (T+1) temperaturaga qadar isitilsin. U holda gazning dastlabki va oxirgi holatlari uchun Klapeyron tenglamasi quyidagicha yoziladi:

RV1=RT; PV2=R(T+1)

Agar, RVdan RV1 ni ayirib tashlasak,

RV- RV= R(T+1) – RT = R(V- V1) = Rv=R

kelib chiqadi.





Download 205.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling