Mustaqil yechish uchun masalalar
1. a) 4 g kislorod, b) 10 g vodorod, v) 0,6 g uglerod, g) massasi 18 g bo’lgan alyuminiy bo’lakchasi necha g-atom chiqadi?
2. a) 0,8 mol natriy nitratda, b) 1,2 mol magniy sulfatda, v) 1,7 mol alyuminiy karbonatda necha g-atom kislorod bor?
3. Tarozining bir pallasiga 1 mol soda qo’yildi. Tarozi pallalari muvozanatga kelishi uchun tarozining ikkinchi pallasiga nеcha gramm osh tuzi NaCl qo’yish kerak.
4. 1 l suvda necha g-mol va nechta molekula bo’ladi?
5. a) simob (II) oksid, b) bertole tuzi, v) kalsiy nitrat, g) sulfat kislotaning 1 g-molida necha g-atom kislorod bo’ladi?
6. a) 0,1 mol temir(II) sulfid, b) 5 mol alyuminiy sulfat v) 1,5 mol sulfat kislota tarkibida necha gramm oltingugurt bo’ladi?
7. 1,5 g-atom temir oksidlanib Fe3O4 hosil bo’lganda temirning massasi necha grammga ortadi?
8. Kislotaga 1 g-atom rux ta’sir эttirilganda qancha vodorod ajralib chiqadi. shuncha vodorod olish uchun kislotaga qancha gramm alyuminiy ta’sir ettirish kerak?
9. Normal sharoitda a) 1 g-atom gеliy, b) 1 g-atom argon, v) 1 g-atom vodorod, g) 1 g-atom kislorod qancha hajmni egallaydi?
10. Normal sharoitda a) 0,2 mol vodorod b) 0,2 mol kislorod v) 0,2 mol azot g) 0,2 mol suv (4°C da) qancha hajmni egallaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |