Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari. Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi


Murakkab moddalarning formulalari modda


Download 367.59 Kb.
bet10/18
Sana18.06.2023
Hajmi367.59 Kb.
#1573009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2-M (2)

Murakkab moddalarning formulalari modda tarkibiga kiradigan elementlarning belgilarini va molekuladagi har bir elementlar atomlarining sonini ko’rsatish bilan tuziladi.
Bunda element belgilarining yozilish ketma-ketligi elektromanfiyliklari ortib borish tartibida bo’ladi:
Metall < Si < B < Te < H < P < As < I < Se < C < S < Br < Cℓ < N < O < F
Masalan: H2O, CaSO4, OF2, NaH, CS2.
Bu qoidadan quyidagi hollarda chetlashish kuzatiladi: NH3, N2H4, HCOONa, (CH3COO)2Ca, uglevodorodlar CH4, C2H4, C2H2.
Murakkab moddalarning kimyoviy formulalari kimyoviy element valentligi yoki oksidlanish darajasi asosida tuzilishi mumkin.

1.7. Valentlik

Bir element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati valentlik deyiladi.


Valentlik tushunchasini fanga o’tgan asrning o’rtalarida Frankland kiritgan.
Elementlarning valentligi ularning davriy sistemada joylashgan o’rniga bog’liq.
Davriy sistemaning birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhida asosiy guruhcha elementlari o’zgarmas valentlikni namoyon qiladi.
Ishqoriy metallar (Li, Na, K, Rb, Cs, Fr) hamda kumush va ftor doimo bir valentli,
Ishqoriy –yer metallari (Ca, Sr, Ba, Ra) hamda berilliy, magniy, rux, kadmiy, kislorod, simob o’zgarmas ikki valentli,
Uchinchi guruh asosiy gruppacha elementlaridan bor, alyuminiy, skandiy va galliylar doimo o’zgarmas uch valentli bo’ladi.
Ko’pgina elementlar esa o’zgaruvchan valentlikni namoyon qiladi.

O’zgaruvchan valentli elementlar 1.2-Jadval


Elementlar

Valentliklar

Cu

I; II

Au

I; III

C, Si, Sn, Pb, Ge

II, IV

N

II; III, IV

P, As, Sb, Bi

III; V

S, Se, Te

II; IV; VI

Cr

II; III; VI

Cl, Br, I

I; III; V; VII

Mn

II; IV; VI; VII

Fe, Co, Ni

II; III



1.8. Valentlik asosida kimyoviy formulalar tuzish

1) Birikma tarkibiga kiradigan elementlarning kimyoviy belgilari yonma-yon yoziladi:


KO, AℓCℓ, AℓO, AℓC
2) Kimyoviy elementlar belgilari tepasiga ularning valentligi qo’yib chiqiladi. Misolimizda kaliy 1 valentli, kislorod 2, alyuminiy esa 3 valentli.

3) Ikkala element valentligini ko’rsatuvchi sonlarning eng kichik umumiy ko’paytmasi topiladi.

4) Eng kichik umumiy ko’paytmani tegishli elementning valentligiga bo’lish yo’li bilan indekslar topiladi (indeks 1 yozilmaydi):

Tuzlarning molekulyar formulalarini tuzishda tuz qaysi asos va kislotaning qoldiqlaridan tarkib topganligini bilishimiz zarur. Shuni unutmasligimiz kerakki, bir asosli (bir negizli) kislotalar (masalan HCl, HNO3, HCN, HMnO4 va h.z) va bir negizli asoslar (masalan: NaOH, KOH, NH4OH va h.z) faqatgina o’rta (normal) tuzlar hosil qila oladi. Ular nordon ya’ni tarkibida vodorod atomlarini saqlagan va asosli (tarkibida gidroksil guruh saqlagan) tuzlar hosil qila olmaydi.

Download 367.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling