Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari. Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi


Download 367.59 Kb.
bet11/18
Sana18.06.2023
Hajmi367.59 Kb.
#1573009
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2-M (2)

Bir asosli kislotalar bir xil ya’ni faqatgina o’rta tuzlar hosil qiladi. Kislota qoldig’ining nomi kislotaning nomiga mos keladi. Masalan: 1.3-Jadval

Kislota va nomi

Kislota qoldig’i, nomi va valentligi

I, II, III valentli metallar bilan hosil qilgan birikmalarning kimyoviy formulasi

HCl
Xlorid kislota

-Cl
Xlorid

II III
NaCl, CaCl2, AlCl3, FeCl2, FeCl3

HClO3
Xlorat kislota

-ClO3
Xlorat

NaClO3, Ca(ClO3)2, Al(ClO3)3

HNO3
Nitrat kislota

-NO3
Nitrat

NaNO3, Ca(NO3)2, Al(NO3)3

HMnO4
Permanganat kislota

-MnO4
Permanganat

NaMnO4, Ca(MnO4)2, Al(MnO4)3

HCNS
Rodanid kislota

-CNS
Rodanid

III
NaCNS, Ca(CNS)2, Fe(CNS)3

Ikki asosli (ikki negizli) kislotalar gidro (nordon yoki kislotali) tuzlar (ularning tarkibida bitta vodorod atomi bo’ladi) va o’rta tuzlar (ularning tarkibida vodorod atomi bo’lmaydi) hosil qila oladi.
Ikki asos kislotalar hosil qiladigan tuzlar va ularning nomlanishi 1.4-Jadval

Kislota va
uning nomi

Kislota qoldig’ining
nomi va valentligi

I, II, III valentli metallar bilan hosil qilgan birikmalari

H2SO4
Sulfat kislota


  1. –HSO4

Gidrosulfat

b) = SO4


Sulfat

NaHSO4, Mg(HSO4)2, Al(HSO4)3

Na2SO4, MgSO4, Al2(SO4)3



H2CO3
Karbonat kislota


a) -HCO3
Gidrokarbonat
b) =CO3
Karbonat

II III
NaHCO3, Fe(HCO3)2, Fe(HCO3)3
II III
Na2CO3, CuCO3, Cr2(CO3)3

H3PO3


Fosfit kislota



a) -H2PO3
Digidrofosfit
b) =HPO3
Gidrofosfit

≡ PO3


Bunday bo’la olmaydi, chunki bu kislota 2 negizlidir

III
NaH2PO3, Ca(H2PO3)2, Fe(H2PO3)3

Na2HPO3, CaHPO3, Al2(HPO3)3



Uch asosli (uch negizli) kislotalar 3 xil ya’ni digidro (tarkibida ikkita vodorod atomi bo’ladi), gidro (tarkibida bitta vodorod atomi bo’ladi) va orta (tarkibida vodorod atomi bo’lmaydi) tuzlar hosil qiladi.

Uch negizli kislotaning hosil qiladigan kislota qoldiqlarining valentligi va tuzlarining formulalari 1.5-Jadval


Kislotaning formulasi
va nomi

Kislota qoldig’ining
nomi va valentligi

I,II, III valentli metallar bilan hosil qiladigan tuzlarining formulasi

H3PO4






a) -H2PO4
Digidrofosfat
b) = HPO4
Gidrofosfat
d) ≡ PO4
Fosfat

NaH2PO4, Ca(H2PO4)2, Al(H2PO4)3

Na2HPO4; CaHPO4; Al2(HPO4)3

Na3PO4, Ca3(PO4)2, AlPO4


Normal (o’rta) tuzlarning grafik va molekulyar formulalarini tuzishda tuz tarkibidagi kislota qoldig’iga to’g’ri (mos) keladigan kislotaning vodorod atomlari metallning valentligiga muvofiq metall atomlariga to’liq almashinishini e’tiborga olish kerak.
Masalan: kalsiy sulfat va temir (III) sulfat tuzlarining grafik formulalarini tuzishni o’rganamiz. Bu tuzlar tarkibida sulfat kislota qoldig’i bor, shuning uchun avvalo ushbu kislotaning grafik formulasini yozamiz:

Kalsiy atomining valentligi ikkiga, temirning valentligi esa uchga teng. Shuning uchun bitta kalsiy atomi bilan 2 ta, bitta temir atomi bilan esa 3 ta vodorod atomlari almashinadi:


Umuman olganda metall sulfatlarining umumiy formulasi:
Metall bir valentli bo’lganda Me2SO4
Metall ikki valentli bo’lganda MeSO4
Metall uch valentli bo’lganda Me2(SO4)3 ko’rinishida bo’ladi.
Kislotali (nordon) tuzlarning grafik formulalarini tuzishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: Nordon tuzlar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining metall atomlariga to’liqmas almashinuvi natijasida hosil bo’ladi.

Umuman olganda
I valentli metall gidrosulfatlarining umumiy formulasi MeHSO4;
metall II valentli bo’lganda Me(HSO4)2;
metall III valentli bo’lganda metall gidrosulfatlarining umumiy formulasi Me(HSO4)3 ko’rinishida bo’ladi.
Ortofosfat kislota uch negizli bo’lganligi uchun uch xil: digidro tuz (tarkibida 2 ta vodorod atomi bo’ladi), gidro tuz (tarkibida 1 ta vodorod atomi bo’ladi) va o’rta tuz (tarkibida vodorod atomi bo’lmaydi) hosil qiladi.

Umuman olganda, metall I valentli bo’lganda digidrofosfatlarining umumiy formulasi MeH2PO4;


metall II valentli bo’lganda Me(H2PO4)2 ;
metall III valentli bo’lganda digidrofosfatlarining umumiy formulasi Me(H2PO4)3 shaklida bo’ladi.
Gidrofosfatlarning umumiy formulasi:
Metall I valentli bo’lganda Me2HPO4;
Metall II valentli bo’lganda MeHPO4;
Metall (III) valentli bo’lganda Me2(HPO4)3 ko’rinishida bo’ladi.
Fosfatlarnig umumiy formulasi:
Metall I valentli bo’lganda Me3PO4;
Metall II valentli bo’lganda Me3(PO4)2;
Metall III valentli bo’lganda MePO4 ko’rinishida bo’ladi.
Agar kislota qoldig’i I valentli bo’lsa, masalan, HCl, HNO3, HClO4, HMnO4, HCN va h.z tuzlarining umumiy formulalari, HNO3 va HCl misolida
Metall I valentli bo’lganda MeNO3 yoki MeCl;
Metall II valentli bo’lganda Me(NO3)2 yoki MeCl2;
Metall III valentli bo’lganda Me(NO3)3 yoki MeCl3 ko’rinishida bo’ladi.
Asosli (gidrokso) tuzlarning molekulyar va tuzilish formulalarini tuzishda quyidagilarga e’tiborni qarating:
Ikki negizli asoslar gidrokso (tarkibida bitta OH guruh bo’ladi) va o’rta (tarkibida OH guruh bo’lmaydi) tuzlar, uch negizli asoslar digidrokso (tarkibida 2 ta OH guruh boladi), gidrokso (tarkibida bitta OH guruh bo’ladi) va o’rta tuzlar (tarkibida OH guruh bo’lmaydi) hosil qiladi.
Asosli tuzlar (ko’p negizli tarkibidagi gidroksil guruh kislota qoldig’iga to’liq almashmagan bo’ladi.

Umuman olganda ikki negizli asoslar hosil qilgan gidrokso tuzlar umumiy formulasi (HNO3, H2SO4, H3PO4 lar misolida):
Kislota qoldig’i I valentli bo’lganda Me(OH)NO3;
Kislota qoldig’i II valentli bo’lganda [MeOH]2SO4;
Kislota qoldig’i (III) valentli bo’lganda [MeOH]3PO4 shaklida bo’ladi.
Uch negizli asoslar hosil qilgan digidrokso tuzlarning umumiy formulasi (HNO3, H2SO4 va H3PO4 misolida):
Kislota qoldig’i I valentli bo’lganda Me(OH)2NO3;
Kislota qoldig’i II valentli bo’lganda [Me(OH)2]SO4;
Kislota qoldig’i III valentli bo’lganda [Me(OH)2]3PO4.

Download 367.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling