Gidroksotuzlarning umumiy formulasi
Kislota qoldig’i I valentli bo’lgada MeOH(NO3)2;
Kislota qoldig’i II valentli bo’lganda MeOHSO4;
Kislota qoldig’i III valentli bo’lganda [MeOH]3(PO4) ko’rinishida bo’ladi.
Nomlanishi:
Asosli tuzlarni nomlashda metallning nomi va valentligi, so’ngra gidrokso so’zi va nihoyat, kislota qoldig’ining nomi o’qiladi (aytiladi). Masalan: Ca(OH)Cℓ - kalsiy gidroksoxlorid, (CaOH)2SO4 – kalsiy gidroksosulfat, AℓOH(NO3)2 – alyuminiy gidroksonitrat, FeOHNO3 temir (II) gidroksonitrat, FeOHSO4 temir (III) gidroksosulfat va h. z.
Agar asosli tuz tarkibidagi metall atomlari ikkita gidroksid guruh bilan bog’langan bo’lsa, gidrokso so’zining oldiga di old qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan: Aℓ(OH)2NO3 – alyuminiy digidroksonitrat, [Fe(OH)2]2SO4 – temir (III) digidroksosulfat.
1.9. Modda miqdori. Mol. Molyar massa
Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da modda miqdorining birligi sifatida mol qabul qilingan.
Mol-bu moddaning 0,012 kg uglerod (12C) izotopida nechta atom bo’lsa, tarkibida shuncha strukturaviy birliklar (molekula, atom, ion, elektron) bo’ladigan miqdoridir.
mc= 1,993 ∙ 10-26 kg; 12C izotopidagi atomlar soni:
NA = = 6,02 ∙ 1023 ta atom
6,02∙1023 soni Avogadro doimiysi deyiladi va NA bilan belgilanadi. NA - 1 mol moddadagi strukturaviy birliklar sonini bildiradi.
Modda miqdori (mol) molyar massa (M) va molekulalar soni orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
Modda miqdori haqida gapirilganda hamma vaqt qanday zarracha to’g’risida gap borayotganini aniq bilishimiz lozim. Masalan:
1 mol uglerod = 6,02∙1023 ta C atomlari (C atomlardan tuzilgan)=12g C
1 mol suv = 6,02 ∙1023 ta H2O molekulasi = 18g suv
1 mol sulfat ioni = 6,02 ∙ 1023 ta SO ionlari = 96g SO
1 mol elektron = 6,02 ∙ 1023 ta e- demakdir.
Modda miqdori n harfi bilan belgilanadi va uning o’lchov birligi mol.
Do'stlaringiz bilan baham: |