Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari. Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi


Modda tarkibining doimiylik qonuni


Download 367.59 Kb.
bet15/18
Sana18.06.2023
Hajmi367.59 Kb.
#1573009
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-M (2)

1.10. Modda tarkibining doimiylik qonuni

Bu qonunni J. Prust 1797- yilda ochgan. Tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflanadi:


Har qanday past molekulyar tuzilishli toza modda olinish usulidan qat’iy nazar uning sifat va miqdoriy tarkibi doimiy bo’ladi.
Masalan: CO2 ni bir necha usullarda olish mumkin.
C + O2 = CO2 ; MgCO3 + 2HCℓ =MgCℓ2 + CO2 + H2O;
2CO + O2 = 2CO2; CaCO3 CaO + CO2
Har bir reaksiyada hosil bo’layotgan CO2 molekulasida bir atom uglerodga ikki atom kislorod to’g’ri keladi. Hammasida ham C = 27,27%; O= 72,73%
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat past molekulyar tuzilishli birikmalar bo’ysunadi. O’zgarmas tarkibli birikmalar ya’ni past molekulyar tuzilishli moddalar daltonidlar (CO2, H2O, HJ, CCℓ4), o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertollidlar (UO3 – UO2.5 dan UO3 gacha, VO – VO0,9 dan VO1,3 gacha, ZrN esa ZrN0,59 dan ZrN0.69, ZrN0,74, ZrN0,89 gacha bo’lishi mumkin) deyiladi.

d-elementlarning nitridlari, sulfidlari, karbidlari, oksidlari (TiO, TiO2, FeO, FeS, CuO, CuS)va hokazolarga bu qonunni tadbiq etib bo’lmaydi. Ular tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydi.
O’zgaruvchan tarkibli birikmalar ko’pincha tiniq rangli, yarim o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lib, ularning reaksion va katalitik aktivligi doimiy tarkibli birikmanikidan yuqori bo’ladi.
Moddalar tarkibining o’zgaruvchan bo’lishiga sabab kristall panjara defekti (nuqsoni)dir.
Molekulyar tuzilishli ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi olinish usulidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi.

Download 367.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling