Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari. Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi
Download 367.59 Kb.
|
2-M (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha gazlar va suyuqliklar (simobdan tashqari) molekulyar tuzilishlidir.
- Inert gazlar bir atomli molekulalar
1.2. Molekula. Ion. Radikal
Moddalar tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: molekulyar tuzilishli; 2) nomolekulyar tuzilishli; Molekulyar tuzilishli moddalar odatdagi sharoitda gaz, suyuq yoki oson suyuqlanadigan qattiq modda (I2, S8, P4-oq fosfor, fulleren, shakar va shunga o’xshashlar) holida bo’ladi. Barcha gazlar va suyuqliklar (simobdan tashqari) molekulyar tuzilishlidir. Molekulyar tuzilishli moddalarning kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashgan bo’lib, bunday tuzilishli moddalarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari past bo’ladi. Nomolekulyar tuzilishli moddalarning kristall panjara tugunlarida atom yoki ionlar joylashgan bo’ladi. Ular yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega bo’lib, odatdagi sharoitda qattiq (Poq, S8, C60 va shunga o’xshahslardan tashqari) agregat holatda bo’ladi. Amalda hamma organik moddalar va ayrim anorganik moddalar, oddiy va murakkab gazlar (H2, O2, O3, N2, F2, Cℓ2, NH3, CO, CO2, SO2, SO3, N2O, NO, NO2, H2S, HG), hamda H2O, Br2, I2, P4, S8 kabi moddalar molekulalardan tarkib topgan. • Molekula — bir-biri bilan butun sonlar nisbatida birikkan, ikki yoki undan ortiq atomdan tarkib topgan hamda berilgan moddaning kimyoviy xossasini o’zida saqlagan kichik elektroneytral zarrachadir. Atomlar o’zaro birikib, molekulalarni hosil qiladi: Masalan: metan molekulasining hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz. Metan (CH4) molekulasi hosil bo’lishida 1 ta C va 4 ta H atomlari ishtirok etadi: Molekulalar bir atomli, ikki atomli yoki ko’p atomli bo’ladi. Yuqori molekulyar birikmalarda (polimerlarda) har bir molekula yuz minglab atomlardan tashkil topgan bo’ladi. H2, O2, N2, Cl2, F2, Br2, I2 va shunga o’xshashlar ikki atomli, O3, H2O, SO2, NO2, N2O va shunga o’xshashlar uch atomli, CH4, HNO3 va shunga o’xshashlar besh atomli va h.z bo’ladi. Inert gazlar bir atomli molekulalar (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn) hosil qiladi. • Molekulalar muayyan o’lcham va shaklga ega. • Molekulaning shakli atomlararo bog’lanish uzunligi hamda bog’lar orasidagi burchak orqali, molekulaning kimyoviy xossalari esa ularning tarkibi va tuzilishi bilan aniqlanadi. • Molekulalar bir-biridan tarkibidagi atomlar soni, atomlar orasidagi masofasi, bog’lanish energiyasi va boshqalar bilan farq qiladi. Barcha tuzlar, ko’pchilik gidroksidlar (asoslar va kislotalar) ionlardan tarkib topgan. Ion — bir yoki bir nechta elektron bergan yoxud biriktirib olgan zaryadlangan atom yoki atomlar (guruhi) birikmasidir. Ionlar 2 xil bo’ladi: Atom yoki molekula o’zidan elektron chiqarsa musbat (masalan, C0 – 4e- C+4), elektronni biriktirib olsa manfiy (masalan, C0 + 4e- C-4) zaryadli ionlar hosil bo’ladi: Elektronlar qoraytirilgan nuqtalar bilan ko’rsatilgan. Shuni unutmaslik kerakki, C+4 va C-4 ionlari real (amalda) mavjud emas. Ular faqatgina birikmalardagina mavjud. Quyida ftor atomidan ftor ionining hosil bo’lish sxemasini ko’rib chiqamiz. Ftor atomidan ftorid ionining hosil bo’lishi: Download 367.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling