Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari. Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi


Litiy va ftor atomlaridan litiy ftoridning hosil bo’lish sxemasi quyida tasvirlangan: 1.1-Rasm


Download 367.59 Kb.
bet5/18
Sana18.06.2023
Hajmi367.59 Kb.
#1573009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-M (2)

Litiy va ftor atomlaridan litiy ftoridning hosil bo’lish sxemasi quyida tasvirlangan: 1.1-Rasm


LiF
1-Rasmdan ko’rinib turibdiki, litiy atomidagi 3 ta elektrondan bittasi (ya’ni eng tashqi electron pog’onada joylashgani) ftor atomiga o’tadi. Natijada natriy atomi musbat zaryadli Na+ kationiga, ftor atomi esa manfiy zaryadli F- anioniga aylanadi. Oqibatda musbat va manfiy zaryadli ionlar o’zaro birikib, ion bog’lanishli (nomolekulyar tuzilishli) litiy ftorid (LiF) ni hosil qiladi.
Musbat zaryadli ionlar kationlar, manfiy zaryadli ionlar esa anionlar deyiladi.
Ionlar tarkibiga va tuzilishiga ko’ra 3 xil bo’ladi:
1) Oddiy ionlar (Na+, Mg+2, Aℓ+3, S-2, Cℓ-, va.h.z)
2) Murakkab ionlar (SO , CO , NO , PO , NH , Fe(OH) , Fe(OH)+2 va h.z)
3) Kompleks ionlar ([NiCℓ4]-2, [Co(NH3)6]-3, [Fe(CN)6]-3, [CoF6]-3, [Be(H2O)6]+2, [Aℓ(NH3)6]+3, [Pt(NH3)4]+2 va h.z)
Radikal-valentliklari to’yinmagan (erkin valentlikka ega bo’lgan) atom yoki atomlar guruhi. Valentliklari to’yinmagan (erkin valentlikka ega bo’lgan ) zarrachalar radikallar deyiladi.
Erkin radikallar yuqori reaksion qobiliyatga ega bo’ladi. Erkin radikallar molekulalardan atom yoki atomlar guruhlarining ajralib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Radikallarda element atomlari odatdagidan o’zgacha (ya’ni qo’zg’algan) valentlik holatida bo’ladi:

Molekulalardan radikallar hosil qilish uchun energiya sarflanadi. Shuning uchun radikallar katta energiya zahirasiga ega bo’ladi va ular uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi, ya’ni radikallar beqaror zarrachalardir.
•Radikallarni toq elektronlari bo’lgan paramagnit xossaga ega bo’lgan (magnitga tortiladigan) molekulalardan farqlay bilish kerak. Masalan: O2, NO, NO2 va CℓO2 lar toq elektronlarga ega bo’lgan paramagnit (magnit momentiga ega ya’ni magnitga tortiladigan) molekulalar bo’lib, radikal hisoblanmaydi. (Molekulyar orbitallar metodi mavzusiga qarang).


Download 367.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling