146. Elektronlari soni bir xil bo’lgan zarrachalarni aniqlang.
1) Ga3+ 2) As3- 3) Se 4) Br3+ 5) Cu+
A) 1,5 B) 1,2 C) 2,3 D) 3,4
147. E3+ ioni tarkibida 118 ta neytron va 76 ta elektron bo’ladi. Shu elementning atom massasi nechaga teng?
A) 118 B) 197 C) 121 D) 79
148. Atomning massasi deganda ... tushuniladi.
A) yadrodagi protonlarning umumiy massasi
B) yadrodagi neytronlarning umumiy massasi
C) yadrodagi elektronlarning umumiy massasi
D) A va B
149. Atomning massasi ga teng. Uning yadrosidagi protonlar soni 17 ta ekenligi ma’lum bo’lsa, undagi neytronlar sonini toping.
A) 17 B) 18 C) 19 D) 20
150. Bir element atomining massasi ga tengligi va undagi protonlar soni 17 ta ekanligi ma’lum bo’lsa, undagi neytronlar sonini toping.
A) 17 B) 18 C) 19 D) 20
151. Massasi va bo’lgan atomlarda mos ravishda 20 va 18 ta neytronlar borligi ma’lum bo’lsa, ulardagi protonlar sonini toping.
A) 20 va 20 B) 19 va 19 C) 17 va 17 D) 18 va 17
152. Nima uchun izotoplarda yadro zaryadi bir xil bo’lsa-da, massalari har xil bo’ladi?
A) yadrosi tarkibidagi protonlar soni har xil bo’lganligi uchun
B) yadrosi tarkibidagi neytronlar soni turlicha bo’lganligi uchun
C) yadrosi tarkibidagi protonlar va neytronlar soni bir xil bo’lganligi uchun
D) yadro atrofidagi elektronlar soni har xil bo’lganligi uchun
153. Neytronlar va elektronlar soni bir-biriga teng bo’lgan zarrachalarni toping.
1. Kaliy 2. Uglerod 3. Ftorid anioni 4. Fosfor 5. Magniy 6. Xlor 7. Alyuminiy 8. Kremniy
A) 3,5,6,7 B) 2,3,5,8 C) 1,2,3,5 D) 4,5,6,8
154. Elektronlar va neytronlar soni o’zaro teng bo’lgan elementlarni toping.
1. ftor 2. geliy 3. xrom 4. natriy 5. azot 6. magniy 7. uglerod 8. litiy
9. kaliy
A) 3,4,8,9 B) 2,5,6,7 C) 1,2,5,9 D) 1,3,4,7
Do'stlaringiz bilan baham: |