241. 3,4 g noma’lum modda yonishidan 2,8 g azot va 5,4 g suv hosil bo’ldi. Uning nomini aniqlang.
A) gidrazin ( ) B) ammoniy nitrat C) ammiak D) nitrat kislota
Kimyoning asosiy qonunlariga doir testlar
242. Misr fir’avnlari zamonidagi toza suvdan bizning zamondagi toza suv tarkibi bilan farq qiladimi? Bu savolga kim tomonidan kashf qilingan qonun javob beradi?
A) Arximed B) Avogadro C) Lomonosov D) Prust
243. Qanday moddalar o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi?
A) quyi molekulyar
B) kristall panjara tugunlarida molekula bo’lgan
C) gazsimon
D) yuqori molekulali moddalar va kristall panjarasida atomlar tutgan moddalar
244. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday ta’riflanadi?
A) Har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usul va qay sharoitda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi
B) Agar ikki element o’zaro birikib bir necha xil birikma hosil qilsa, ana shu birikmalardagi birinchi elementning bir xil va muayyan miqdori bilan birikadigan ikkinchi elementning miqdorlari o’zaro kichik va butun sonlar nisbati kabi bo’ladi
C) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi
D) Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni ham o’zaro teng bo’ladi
245. Tarkibning doimiylik qonuni qanday ta’riflanadi?

Do'stlaringiz bilan baham: |