Kimyoviy bog’lanish xossalari elektromanfiylik
Download 428.33 Kb. Pdf ko'rish
|
15 KIMYOVIY BOG’LANISH XOSSALARI VA STRUKTURA FORMULALAR
A) kovalent; B) vodorod; C) metall; D) ion.
25. Gidroksoalyuminiy ioni tarkibidagi proton, neytron va elektronlar sonini ko’rsating. 1) 20; 2) 22; 3) 24; 4) 26; A) 2,1,2 B) 3,2,2 C) 1,2,2 D) 2,2,1 26. Gidrosulfat ioni tarkibini tashkil etuvchi proton, neytron va elektronlar sonini ko’rsating. 1) 50; 2) 49; 3) 48; 4) 47; A) 3,4,3 B) 3,4,2 C) 2,4,2 D) 2,3,1 27. Vodorod bog’lanish hosil qilib assotsilanmaydigan moddalarni tanlang. 1) sirka aldegid; 2) benzol; 3) metanol; 4) suv; 5) etan; 6) etanol; 7) sirka kislota; 8) atseton A) 1, 2,5,8 B) 1,2,4 C) 1,2,4,6 D) 3,4,6,7 28. o-nitrofenolning qaynash temperaturasi (45°C) m-nitrofenolnikidan (97° C) patsligining sababini aniqlang A) m-nitrofenolda vodorod bog’lanish bor, o-nitrofenolda yo’q; B) m-nitrofenolning molekular massasi katta; C) o-nitrofenolda ichki molekular vodorod bog’lanish, m-nitrofenolda molekulalararo vodorod bog’lanish mavjud; D) ularning kristall panjaralari turlicha. 29. Vodorod bog’i hisobiga assotsilanadigan moddalarni toping. 1) propanal; 2) butanol-2; 3) butadiyen-1,3; 4) 2-xlorpropan; 5) sirka kislota; 6) trimetilamin; 7) 1-aminopropan. A) 2,3,4; B) 1,5,6; C) 2,5,7; D) 1,2,6. 30. SiF 4 bilan HF birikib H 2 [SiF 6 ] ni hosil qiladi. CF 4 shunday birikma hosil qilmaydi. Buning sababi nimada? A) uglerod atomida akseptorlik vazifasini bajaradigan bo’sh orbital yo’q; B) uglerod atomining elektromanfiyligi kremniynikidan katta; C) uglerod atomi radiusi kichik bo’lishi; D) C – F bog’i qutbliligi Si – F nikidan kichik bo’lishi sababli. 31. Quyidagi termokimyoviy tenglama asosida 10 ta metan molekulasi hosil bolishidagi bog'lanish energiyasining qiymatini (J) toping. C + 4H = CH 4 + 1656 kJ A) 6,02∙10 -23 B) 2,75∙10 -20 C) 1,82∙10 -21 D) 2,75∙10 -17 Zomin tumani 25-maktab Alimqulov Sirojiddin 6 32. Quyidagi termokimyoviy tenglama asosida 4 ta metan molekulasi hosil bolishidagi bog'lanish energiyasining qiymatini (J) toping. C + 4H = CH 4 + 1656 kJ A) 6,02∙10 -23 B) 1,15∙10 -20 C) 1,82∙10 -21 D) 1,1∙10 -20 33. Quyidagi birikmalarni ularda bog’ barqarorligi ortib borish tartibida joylashtiring. 1. HCl; 2. HF; 3. HBr; 4. HI A) 4,3,1,2; B) 1,2,4,3; C) 1,4,2,3; D) 4,3,2,1. 34. Quyidagi gidridlar qatorida kovalent bog’ barqarorligi qaysi qatorda ortib boradi? 1. H 2 O; 2. H 2 S; 3. H 2 Se; 4. H 2 Te. A) 1,2,3,4; B) 2,1,4,3; C) 3,2,1,4; D) 4,3,2,1. 35. Quyidagi qatorlardagi birikmalarda bog’ning barqarorligi chapdan o’ngga qanday o’zgaradi? 1. NH 3 – PH 3 – AsH 3 – SbH 3 ; 2. CH 4 – NH 3 – H 2 O – HF; 3. HF – HCl – HBr – HJ ; 4. H 2 O – H 2 S – H 2 Se – H 2 Te; A) 1,3-kamayadi; 2,4-kuchayadi; B) 1,3,4-kamayadi; 2-kuchayadi; C) 1,2-kamayadi;3,4-kuchayadi; D) 2-kamayadi; 1,3,4-kuchayadi. 36. Eng barqaror bo’lgan gidridni belgilang. A) BiH 3 B) NH 3 C) PH 3 D) AsH 3 37. Quyidagi gaz holdagi vodorodli birikmalarning turg’unligi keltirilgan qatorda qanday o’zgaradi? CH 4 – SiH 4 – GeH 4 – SnH 4 – PbH 4 A) ortib boradi; B) kamayib boradi; C) o’zgarmaydi; D) metallmaslarnikida ortib boradi, metallarnikida kamayib boradi. 38. Quyidagi moddalarni bog’lanish energiyasi ortib borish tartibida joylashtiring. 1. azot; 2. vodorod; 3. kislorod; 4. xlor; A) 1,2,4,3 B) 1,3,2,4 C) 2,4,3,1 D) 4,2,3,1 39. Quyidagi qatorlar bo’yicha birikmalarning barqarorligi qanday o’zgaradi? CH 4 , SiH 4 , GeH 4 , SnH 4 , PbH 4 va H 2 Te, H 2 Se, H 2 S, H 2 O A) ortadi, kamayadi; B) ortadi, ortadi; C) kamayadi, kamayadi; D) kamayadi, ortadi. 40. Qaysi birikmada element bilan vodorod orasidagi bog’ eng qutbli? A) CH 4 ; B) HCl; C) H 2 S; D) CH 3 COOH. 41. C + –Y - bog’lanishdagi bog’ qutbliligi Y atomining davriy sistemadagi holati bilan qanday vaziyatda bo’ladi? 1) Y element holati o’ng tomonga siljishi bilan qutblilik ortib boradi; 2) Y element holati yuqoridan pastga tushganda, qutblilik ortib boradi; 3) guruhda element holati yuqoridan pastga tushganda, qutblilik ortib boradi; 4) guruhda element holati pastdan yuqoriga o’tganda qutblilik ortib boradi; A) 2,3 B) 1,2 C) 2,4 D) 1,4 42. Quyidagi gidridlar – suv, natriy gidrid, vodorod ftorid, kalsiy gidrid va metanda bog’lovchi elektron juftlari qaysi element atomi tomon siljigan? A) H,Na,F,H,C; B) O,Na,F,Ca,C; C) O,H,F,H,C; D) H,H,H,H,H. 43. Quyidagi moddalar orasida eng kam qutblangan kovalent bog’lanishli molekulani toping. A) CH 4 B) NH 3 C) PH 3 D) H 2 S 44. Uglerod sulfid (CS 2 ) molekulasidagi bog’lovchi elektron juftlar qaysi atom tomon siljigan bo’ladi? A) qisman oltingugurt atomi tomon; Zomin tumani 25-maktab Alimqulov Sirojiddin 7 B) ikki atomning teng o’rtasida; C) qisman uglerod atomi tomon; D) uglerod atomi tomon ko’proq; 45. Quyidagi birikmalarni ulardagi bog’ qutbliligi ortib borish tartibida joylashtiring. 1) magniy oksidi; 2) bor oksidi; 3) uglerod (IV) oksidi; 4) azot (II) oksidi; 5) vodorod oksid; A) 4,3,5,2,1 B) 3,4,5,1,2 C) 1,2,3,4,5 D) 5,4,3,2,1 46. Qaysi moddalar juftida bog’dagi elektron zichlik kislorod atomi tomon siljigan? A) OF 2 va CO; B) Cl 2 O va NO; C) H 2 O va OF 2 ; D) P 2 O 5 va OF 2 . 47. Kovalent bog’ning qutbliligi kamayib boradigan qatorni ko’rsating. A) PH 3 , PCl 3 , PF 3 B) H 2 O, H 2 S, HF C) HCl, HI, HBr D) CF 4 , CCl 4 , CBr 4 48. Molekulalardagi bog' qutbliligi (E-H) ortib borish tartibini toping. A) vodorod xlorid, vodorod ftorid, suv; B) ammiak, suv, vodorod ftorid; C) suv, vodorod ftorid, vodorod bromid; D) vodorod xlorid, vodorod ftorid, vodorod bromid. Download 428.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling