Kimyoviy jarayonlar (polimerlanish)
Download 1 Mb.
|
kimyo1
Mavzu:Kimyoviy jarayonlar. Kimyoviy jarayonlar energetikasi. Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti Kimyoviy jarayonlar (polimerlanish)PolimerlanishKichik molekulali moddalar (monomerlar) ning katalizatorlar ishtiroki bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuqori molekulali modda (polimer)ni olish polimerlanish jarayoni deb yuritiladi. Ushbu jarayon katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Plastmassalar, sintetik kauchuklar, moylar va boshqa mahsulotlarni olishda polimerlanish jarayonidan foydalaniladi. Masalan, katalizator (fosfor kislotasi) ishtirokida propilenning polimerlanishi orqali yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishda qo‘llanilinadigan propilen tetrameri olinadi. Propilenning polimerlanishi natijasida yuqori sifatli plastmassa (polipropilen) ishlab chiqariladi. Izobutilenning polimerlanishi orqali qattiq poliizobutilen yoki suyuq poliizobutilen olinadi. Piroliz Neft distillyatlari (benzin, kerosin) yoki gaz (etan, propan)ni piroliz qilish neft kimyosi uchun muhim ashyo bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen, butadien)ni ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Piroliz paytida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) va pirokondensat ham olinadi. Ushbu jarayon bosim 0,01 MPa dan past bo‘lganda va haroart 650-900 C atrofida o‘zgarganda amalga oshiriladi. Katalitik kreking Ushbu jarayon orqali (harorat 420-530 C; bosim 0,1-0,3 MPa; alyumosilikat, tseolit ushlovchi va boshqa katalizatorlar ishtiroki bilan) turli distillyatlar va qoldiq xom ashyodan yuqori oktanli benzinlar va tarkibida yuqori kontsentratsiyali propan-propilen hamda butan-butilen fraktsiyalarini ushlagan gaz olinadi. Normal uglevodorodlar (pentan, butan, benzin fraktsiyasi)ni izomerlash yo‘li bilan alkillash uchun ishlatiladigan izobutan yoki sintetik kauchuk va benzinning yuqori oktanli komponentlarini olish uchun xom ashyo hisoblangan izopentan olinadi. Jarayon harorat 120-150 C va bosim 1 MPa gacha bo‘lgan sharoitda olib boriladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling