Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik
Kimyoviy qurolni qo‘llash vositalari
Download 159.5 Kb.
|
6-мавзу.2022 раздатка
2. Kimyoviy qurolni qo‘llash vositalari
O‘q-dorilarning qobig‘iga rangli halqalar, ZM shifri, o‘q-dorining kalibri, modeli, shifri va partiya raqami tushiriladi. O‘ldiruvchi ZMlar bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilar yashil rangli halqalar bilan belgilanadi, vaqtinchalik safdan chiqaruvchi ZMlar esa qizil halqalar bilan belgilanadi. Asablarni falajlovchi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan kimyoviy o‘q-dorilar uchta yashil rangli halqa bilan, terida yara hosil qiluvchi ZMlar – ikkita yashil rangli halqa bilan, umumiy zaharlash xususiyatiga ega bo‘lgan hamda bo‘g‘uvchi ZMlar – bitta yashil rangli halqa bilan belgilanadi. Psixokimyoviy ZMlar bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilar ikkita qizil rangli halqa bilan, ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan ZMlar bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilar esa – bitta qizil rangli halqa bilan belgilanadi. Zaharlovchi moddalar mo‘ljalga, avvalo aviatsiya yordamida yetkaziladi. Turli hildagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan aviatsion bombalar portlatuvchi moslamalari bo‘yicha: zarba ta’sirida portlaydigan va uzoqdan boshqariluvchi moslamalar bilan portlaydiganlarga bo‘linadi. O‘z shakli bo‘yicha kimyoviy bomba fugasli bombadan farq qilmaydi. Uning ichki qismi ZM bilan to‘ldiriladi hamda kichik portlovchi zaryadga ega, shuning uchun kimyoviy bomba portlaganda tovushsiz portlash sodir bo‘lib, yer yuzasida hosil bo‘lgan voronkaning (chuqurlik) o‘lchamlari katta bo‘lmaydi. Zarba ta’sirida portlaydigan kimyoviy aviatsion bombalar havo atmosferasini yoki ma’lum joylarni zaharlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zida fosgen, iprit yoki zoman turidagi zaharlovchi moddalarni tutishi mumkin. Zarba ta’sirida portlovchi aviatsion kimyoviy bombalarning og‘irligi odatda 100 kg dan 1000 kg gacha bo‘ladi. Bunda bombaning 50 % og‘irligini zaharlovchi moddalar tashkil qiladi. Bundan tashqari, kichik vazndagi (3 kg va undan ortik) kassetali aviatsion kimyoviy bombalar ham qo‘llanilishi mumkin. Bu bir nechta kichkina bombalardan iborat bo‘lib, ma’lum bir balandlikda kasseta ochilib, bu kichik bombalar tarqalib ketadi va yerga tushib portlaganda katta joylarni zararlaydi. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling