Kimyoviy reaksiya tezligi


Download 21.09 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1286640
Bog'liq
Tezzz 25


KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI
1. 20 ºC da reaksiya 2 minut davomida tugaydi. Agar temperatura koeffitsienti 2 bo’lsa, shu reaksiya 50 ºC da necha sekundda tugaydi?
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25

2. Azot(II)oksiddan kislorod ishtirokida azot(IV)oksid


sintez qilinayotgan sistemada reaktsion aralashmaning
hajmi 2 marta kamaytirildi. Reaktsiya tezligi qanday
o'zgarishini aniqlang.
A) 2 marta kamayadi
B) 4 marta ortadi
C) 8 marta ortadi
D) 8 marta kamayadi

3. A(g)+B(g)=A3B2(g) sistemaning bosimi uch marta oshirilsa, to’g’ri reaktsiya tezligi necha marta ortadi?


A) 27 B) 243 C) 64 D) 81

4. Quyidagi keltirilgan omillarning qaysilari kimyoviy reaktsiyalarning tezligiga ta'sir ko'rsatadi?


1. moddalarning tabiati; 2. kontsentratsiya;
3. katalizator; 4. temperatura;
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4

5. Boshlanqich temperaturada reaktsiya 15 minut davomida tugaydi. Shu reaktsiya temperaturasi 40° C gacha oshirilganda


100 sekund davomida tugaydi. Boshlang’ich temperaturani (°C) aniqlang (y=3)
A) 15 B) 10 C) 30 D) 20

6. Gomogen gazlar orasidagi A2+B2→2AB reaktsiyada bosim


5 marta oshirilganda, ushbu yopiq idishdagi reaktsiya tezligi
necha marta o'zgaradi?
A) 25 B) 50 C) 100 D) 125

7. Idishdagi bosim 4 marta oshirilganda, Quyidagi reaktsiya tezligi qanday o'zgaradi?


2Fe(q)+3Cl2(g)→2FeCl3(q)
A) 128 marta ortadi
B) 64 marta kamayadi
C) 128 marta kamayadi
D) 64 marta ortadi

8. Hajmi 20 l bo`lgan idishda 4 g vodorod va 213 g xlor o`zaro reaksiyaga kirishdi. 5 minutdan so`ng idishda 1,6 g vodorod qoldi. Reaksiya o`rtacha tezligini (mol/(l•sek)) aniqlang.


A) 0,25 B) 0,04 C) 0,0012 D) 0,0002

9. HCl(g) + O2(g) → Cl2(g) + H2O(g) reaksivada kislorodning konsentratsiyasi to`rt marta oshirilsa, HCl ning konsentratsiyasi ikki marta kamaytirilsa, to`g`ri reaksiya tezligi necha marta ortadi?


A) 5/2 B)1/4 C)1/8 D)1/5

10. A(g) + xB(g) 2 C(g) Ushbu reaksiyadagi A va. В modda


larning konsentratsiyalari 3 marta oshirilganda to‘g‘ri reaksiya tezligi 9 marta tezlashishi ma’lum bo‘lsa, x ni toping.
A) 4 В) 3 C) 2 D) 1

11. H2S + O2→SO2+H2O ushbu reaksiyadagi vodorod sulfidning konsentratsiyasi to'rt marta oshirilib, kislorodning konsentratsiyasi ikki marta kamaytirilsa, to`g`ri reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?


A) 8 B) 3 C)4 D) 2

12. Quyidagi reaktsiyada SO2(g)+O2(g)=SO3(g) + Q gaz


moddalar bosimi 3 marta kamayganda o'ng tomonga
bordigan jarayon tezligi necha marta kamayadi?
A) 27 B) 9 C) 3 D) 2

13. 2X + Y→2Z reaksiyada 224 g X moddadan reaksiya tugagach (M(X)=28 g/mol)) 56 g qolgan bo’lsa, reaksiya tezligini (mol/l*min) aniqlang. Reaksiya 24 sekund davom etgan. (V=1 litr)


A) 7,5 B) 15 C) 10 D) 12

14. Ushbu N2+H2→NH3 reaksiyada 8 sekund davomida azot konsentratsiyasi 4,5 mol/l dan 1,3 mol/l gacha kamaygan bo’lsa, to’g’ri reaksiya tezligini (mol/l*sek) aniqlang.


A) 0,25 B) 0,3 C) 0,2 D) 0,4

15. Reaksiya 12 sekund davom etdi va 0,9 mol/l modda hosil bo’ldi, yana 28 sekund davom etganda esa shu modda konsentratsiyasi 2,4 mol/l ga teng bo’ldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l·sek) hisoblang.


A) 0,03 B) 0,06 C) 0,05 D) 0,04

16. A(g) + 3B(g) 3C(g) + D(g). Reaktorda В moddaning boshlang‘ich konsentratsiyasi 2 mol/l, D moddaning hosil bo'Iish tezligi 0,02 (mol/l s) bo‘lsa, qancha sekunddan so‘ng В va D moddalarning konsentratsiyalari tenglashadi?


A) 76 B) 25 C) 38 D) 50

17. Temperatura koeffitsienti 4 bo’lgan reaksiya temperaturasi


130 ºC dan 100 ºC gacha o’zgarganda, reaksiya tezligi qanday o’zgaradi? (Endotermik reaksiya)
A) 64 marta ortadi B) 64 marta susayadi
C) 12 marta tezlashadi D) 12 marta susayadi

18. Reaksiya muhiti 50 ºC dan 30 ºC gacha sovutilganda reaksiyaning tezligi 16 marta kamaysa, reaksiyaning temperatura koeffitsientini ko’rsating.


A) 1,5 B) 2 C) 3 D) 4

19. Hajmi 8 l bo'lgan idish 7 mol A gaz bilan to'ldirildi.


0,5 minutdan so'ng idishda A gazdan 4,6 mol qoldi. Reaksiyaning o'rtacha tezligini (mol/l-s) aniqlang.
A) 0,2 B) 0,02 C) 0,6 D) 0,01

20. N2 + 3H2 2NH3 reaksiyasini ammiakga nisbatan teziigi


0,4 (mol/l sek) bo'lganda, ushbu reaksiyaning vodorodga nisbatan
tezligini (mol/l sek) aniqlang.
A) 0,6 B) 0,2 C) 0,8 D) 0,7

21. 20oC da tezligi 0,25 mol/l∙sek bo’lgan reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti 3 ga teng bo’lsa, shu reaksiyaning 50oC dagi tezligi (mol/l∙sek) aniqlang ?


A) 2,25 B) 4,5 C) 5 D) 6,75

22. Quyidagi grafik jadvaldan foydalanib is gazining yonish reaksiyasining tezligini (mol/l∙sek) aniqlang.


2CO + O2 = 2CO2

A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4

23. A(g) + nB(g) → … 110℃ dagi ushbu sistemada bosim


2 marta orttirilib harorat 40℃ ga pasaytirilganda reaksiya tezligi
2 marta kamaygan bo’lsa, n ning qiymatini aniqlang. (γ=2)
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
24. Reaksiya tezligi 0,03 mol/l.sek bo’lganda, 30 sek davomida boshlang’ich modda kontsentratsiyasi qanchaga (mol/l)
o’zgaradi?
A) 0,2 B) 1,3 C) 0,6 D) 0,9

25. Quyidagi sistemada CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O metan gazining kontsentratsiyasi 3 marta va kislorod kontsentratsiyasi 2 marta oshirilsa, to’g’ri reaksiya tezligi qanday o’zgaradi?


A) 6 marta ortadi
B) 12 marta ortadi
C) 12 marta kamayadi
D) 6 marta kamayadi


Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling