Kimyoviy reaksiyalar tezligi Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri


Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri


Download 37.95 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi37.95 Kb.
#1761322
1   2   3
Bog'liq
Kimyoviy kinetika.Kimyobiy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar.

Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri
Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsionaldir.
aA + bB = nC + qD reaksiyaning tezligi quyidagi kinetik tenglama bilan ifodalanadi.
V=k[A]a*[B]b
[A] - A moddaning konsentratsiyasi
[B] - B moddaning konsentratsiyasi
k - proporsionallik koeffitsienti bo’lib, tezlik konstantasi deb atalgan. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi birga teng bo’lsa, V=k bo’ladi.
Bunda k - solishtirma tezlik deb ataladi. k - moddalarning xiliga, haroratga, katalizatorga va reaksiya boradigan muhitga bog’liq.
Kimyoviy reaksiya tezligiga haroratning ta’siri
Har qanday reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, konsentratsiyaga, bosimga, haroratga, yorug’likka, katalizatorga, erituvchining tabiatiga va boshqa sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Vant-Goff tajriba asosida quyidagi qoidani topdi. Gomogen reaksiyaning tezligi harorat 10°Cga ko’tarilganda, 2-4 marta oshadi. Reaksiyaning tezligi geometrik progressiya tarzida ortib boradi.
Reaksiyaning t+10 dagi tezlik konstantasining t dagi nisbati, reaksiya tezligining harorat koeffitsienti deb ataladi va γ bilan belgilanadi.

Vant-Goff qoidasiga binoan, gomogen reaksiya tezliklarining harorat koeffitsienti 2-4 ga barobardir.
Arrenius 1889-yilda tezlik konstantasi bilan harorat o’rtasidagi bog’lanishning quyidagi empirik formula orqali ifodalanishini ko’rsatdi:

Bu yerda: K reaksiyaning tezlik konstantasi,
C va B ayni reaksiya uchun xos konstantalar.
Reaksiyaning issiqlik effekti to’g’ri va teskari jarayonlarga oid ikki energetik miqdorlar ayirmasi deb qaraylik.
ΔU = E1 - E2
U holda, Vant-Goffning izoxorik tenglamasi quyidagi shaklda yoziladi.
va
C - integrallash konstantasi. Arrenius E1 va E2 lar haroratga bog’liq emas deb faraz qilib, C=O ekanligini hisobladi.
Natijada to’g’ri va teskari reaksiyalar uchun
va
Bu tenglamalar umumiy tarzda;
bu tenglama integrallansa,
tenglama hosil bo’ladi.
Bu tenglamadagi E - reaksiyaning aktivlanish energiyasi deb ataladi. (B - integrallash konstantasi). Agar B=Ln R0 deb faraz qilsak, yuqoridagi tenglamani quyidagicha yoza olamiz.


Download 37.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling