Kimyoviy reaksiyalar tezligi


Download 31.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.01.2023
Hajmi31.4 Kb.
#1110351
1   2   3
Bog'liq
Mylab - Davriy jadval kimyoviy reaksiyalar test savollari

aA + bB = cC + dD 
reaksiya uchun
V = k [A] [B]
V -reaksiya tezligi;[A] ;[B] - reaksiyaga kirishuvchi moddalar
konsentrasiyasi; k- proporsionallik koeffitsientlari bo’lib, tezlik konstantasi deb ataladi.
Tezlik konstantasi reaksiyaga kirishuvchi moddalar
kontsenrasiyalari 1 ga teng bo’lgan paytdagi reaksiyaning tezligini ko’rsatadi. Tezlik konstantasining qiymati
moddalarning tabiatiga, haroratga, katalizatorga bog’liq bo’lib, ularning kontsentrasiyalariga bog’liq emas.
Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri. Kimyoviy reaksiya sodir bo’lishi uchun molekulalar bir-biri bilan
to’qnashishlari kerak. Lekin har bir to’qnashish ham reaksiyaga olib kelavermaydi. Masalan, vodorod va
kislorod aralashmasi uzoq vaqt saqlanganda ham ular orasida sezilarli reaksiya sodir bo’lmaydi. Reaksiya sodir
bo’lishi uchun dastlabki moddalar molekulalaridagi atomlar orasidagi bog’ bo’shashishi yoki uzilishi
darkor. Buning uchun molekulalar ma’lum energiyaga egabo’lishlari lozim.
Molekulaning reaksiya sodir bo’lishi uchun zarur bo’lgan energiya qiymatiga faollanish energiyasi E
deyiladi. Bunday energiyaga ega bo’lgan molekulalar faol molekulalar deyiladi. Harorat ortishi bilan faol
molekulalar soni ortadi, shu sababli reaksiya tezlashadi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi Vant-Goff
qoidasi bilan ifodalanadi: "Harorat har 10 С ga oshirilganda reaksiya
tezligi 2-4 marta tezlashadi".
V /V = g 

V va V - t va t haroratdagi reaktsiya tezligi;


t ; t - haroratlar;
g - reaktsiyaning harorat koeffitsienti.
Reaksiya tezlik konstantasining harorat va faollanish energiyasiga bog’liqligi Arrenius tenglamasi bilan
ifodalanadi.
K = Ae a

E - faollanish energiyasi;


A - doimiy son;
e - natural logarifm asosi (2,31);
R - universal gaz doimiysi (8,31 j/mol K);
T - mutloq harorat, K.
a
b
a
o
t2

Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling