Kimyoviy texnologiya
Download 340.89 Kb.
|
Asosiy Mamataliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11A-20 KT Bajardi Mamataliyev Muhammadjon Qabul qildi: Olmaliq 2022 – 2023 yil “Tasdiqlayman”
- Guruh
- Kurs loyiha rahbari: MUNDARIJA Kirish: Asosiy qism: 1.1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI “ENERGOTEXNOLOGIYA” FANIDAN KURS ISHI AMMIAKNI OKSIDLASH KONTAKT APPARATINING ISSIQLIK TEXNIK HISOBI 11A-20 KT Bajardi Mamataliyev Muhammadjon Qabul qildi: Olmaliq 2022 – 2023 yil “Tasdiqlayman” “Kimyoviy texnologiya” kafedra mudiri Poʻlatov G. “___” _______ 2022 yil KURS LOYIHASIGA TOPSHIRIQ Fan nomi: Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar Guruh: 11A - 20 KT Talaba: Mamataliyev Muhammadjon Rahbar: I. Loyiha mazmuni: Ammiakni oksidlash kontakt apparatining issiqlik texnik hisobi II. Boshlang’ich ma’lumotlar: III. Asosiy adabiyotlar: 1. Yusupbekov N.R., Nurmuhammedov X.S.,Zokirov S.G. “Kimyoviy texnologiyatexnologiya asosiy jarayon va qurilmalari” “Sharq” Toshkent 2003. 2. Kattayev N. “Kimyoviy texnologiya” Oʻquv qoʻllanma,-T., Yangiyul polygraph servise. 3. Ismatov A.A., Otaqoʻziyev T.A., Ismoilov N.P., Mirzaev F.M.. “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” Darslik. T., Uzbekiston, 2002. 4. Mirzaev F.M., Likevich V.A., Otaqoʻziev T.A.. Mirzakulov X.. “Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari” Darslik. - T., Uzbekiston, 2012. IV. Grafik qismning tuzilishi: Kirish, Asosiy qism, Texnologik qism, Hisob qismi, Mehnat muhofazasi, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati V. Loyihaning bajarish muddati:
Kurs loyiha rahbari: MUNDARIJA Kirish: Asosiy qism: 1.1. Ammiak haqida umumiy tushuncha 1.2 Oksidlash jarayonlari Texnologik qism: 2.1 Ammofos xom-ashyolari 2.2 Ammiakni kontaktlash jarayoni 2.3. Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi Hisob qismi: 3.1 Ammiakni oksidlash kontakt apparatining issiqlik texnik hisobi. Mehnat muhofazasi: Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: KIRISH Energotexnologiya - bu issiqlik resurslarini tejash hamda, material va issiqlik boʼyicha deyarli chikindisi boʼlmagan ishlab chiqarishni yaratish maqsadida berilgan ishlab chiqarishdagi texnologik va energetik jarayonlarning oʼzaro bogʼlanish qonuniyatlarini oʼrgatuvchi energetikaning bir qismidir. Yoqilgʼi - maьlum bir miqdordagi issiqlikni olish uchun yondiriladigan yonuvchi moddadir. Ekzatermik jarayon - issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayon. Endotermik jarayon - issiqlik yutiliщi bilan boradigan jarayon. Ikkilamchi energiya resursi (IER) - texnalognk qurilmalarda vujudga keladi va shu qurilmada ishlatilmaydigan mahsulotning, chiqindilarning, oʼtkinchi va oraliq mahsulotlarining energetik potentsiallaridir. Quritish - qattiq holdagi materiallarga bogʼlangan fizik-kimyoviy yoki kapillyar namlikning yoʼqotilishidir. Quritgich - materialdan fizik bogʼlangan suvni yoʼqotish uchun moʼljallangan issiqlik qurilmasi. Pech - materialga nssiqlik energiyasini berish yordamida belgilangan xossaga ega boʼlgan mahsulotni olish uchun ishlatiladigan issiqlik qurilmasi. Issiqlik almashinuvi - modda temperaturlarini tenglashuvidir. Massa almashinuvi - modda kontsentratsiyalarining tenglashuvidir. Moddiy va issiklik balansi - kuzatilayotgan jarayonda issiqlikning yoki materiallarining kirim va chiqimlarini solishtirib koʼrishdir. Jadallashtirilgan texnologiyaga utishda mahsulot sifat kursatkichlarini usishiga eʼtibor karatiladi. Olinadigan mahsulotning bir birligiga sarflanadigan issiklik-energetik resurslar ham bu kursatkichlar katoriga kiradi. Jarayon jadallashtirish natijasida mahsulotni ishlab chiqarishni «xarkancha kiymatga tushsa» ham ko’paytirishga intilish solishtirma energiya sarfiyotini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun jadallashtirilgan jarayonlarni ishlashda jadal ishlaydigan reaktor va massa almashtirgich apparatlar qatorida energiyani tejovchi texnologiyalarni ham qullash zarur bo’ladi. Maʼlumki kimyoviy texnologiya soxasida energoresurslarning (tabiiy gaz, neftь, toshkumirlar) 15% yaqini sarflanadi. Ko’pchilik kimyoviy korxonalarda energiya sarfi sarfiyotlarning asosiy kismini tashkil qiladi. Bundan tashkari energiyani ko’p manbalari shu jumladan tabiiy gaz, neftь, toshkumirlar bir kator mahsulotlarning kimyoviy sintez yuli bilan olishda zarur xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun xom ashyodan kompleks foydalanishni taʼminlovchi modda va energiyani birvarakayiga ishlab chiqaruvchi texnologiyani yaratish zaruriyati tugʼiladi. Bunday masalalar jumladan, yirik tonnali halk xujaligining tarmogʼi sifatida rivojlanaetgan boglangan azot ishlab chikarishi korxonalari oldida turibti. «Kimyoviy energiya texnologiya» atamasi oxirgi yillarda keng ommalashmoqda. Ushbu texnologiya ustida suz ketganda kimyoviy texnologiyada mahsulotlar va energiyani birgalikda ishlab chikarish, shuningdek energetik resurslarni tejab sarflashni tushunish kerak. Kimyoviy texnologiyaning rivojlanishi kimyoviy mahsulotlar ishlab chikarish xajmining usishi, ayrim agregatlar quvvatining ortishi va shunga mos ravishda energetik sarfietlarni ko’payishi natijasida kimyoviy energiya texnologiyasi atamasi paydo bulishi tabiiydir. Texnologiya rivojlanishining - mahsulotni ishlab chikarish usullarining ishlanmasini yaratish asosiy masalalardan xisoblanadi - mahsulot sifatini yaxshilash, materiallar sarfini tejash, apparatlar unumini oshirish kabi masalalar hal kilinadi. - energetik resurslar sarfini tejash, - nixoyat yaxlit iktisodiy kriteriylar buyicha jaraenni optimallashtirish muammosi vujudga keladi. Texnologiyaning shu tartibda rivojlanishi kimyoviy texnologiyada energetik jaraenlar masalasiga oxirgi yillargacha ham juda kam eʼtibor berilganligidan dalolat beradi. Shu kungacha kimyoviy texnologiyada maksimal mahsulot ishlab chikarishni taʼminlovchi sharoitlar vujudga keltirish optimal xisoblandi. «Qanday qiymat bilan» bu masalaga erishishiga eʼtibor berilmaydi. Bunday optimal kriteriyni tanlash mahsulotni «xar kancha kiymatga tushsa ham» ishlab chikarishni ko’paytirish (kushimcha sarfietlarni xisobga olmasdan), yoki metall sarfini kamaytirish (umuman kapital mablagʼlarni kamaytirish), boshqa kursatkichlar ortishini xisobga olmasdan (masalan energetik sarfiyotlarni) muljallangan miqdordagi mahsulotni ishlab chikarishni tashkil kilish bu yechimni tula oklaydi. Birok bu usish tashkaridan energiya istimolini ko’paytirib, shuningdek kimyoviy reaktsiya energiyasidan foydalanishni yomonlashtirib yuboradi (yaʼni tashkariga beriladigan energiya miqdorining kamayishi yoki sifatini yomonlashuvi sodir bo’ladi). Demak, umumiy sarfiyotlarda energiya sarfi ulushi ko’pincha katta bo’lganligi uchun umuman shunga o’xshash optimizatsiyalash salbiy iktisodiy samara berishi ham mumkin. Ko’pchilik hollarda energetika jaraeni taxlili texnologiya ishlanmasi dasturiga kirmaydi. Kimyogar texnologlar kimyoviy va fazoviy muvozanat, jarayon kinetikasini urganib, «Mahsulotni maksimal chiqishini», «mahsulotni maksimal ajratib olish»ni, «xom ashyodan maksimal darajada foydalanish»ni taʼminlovchi shartlarni taʼriflaydilar va ko’pincha shu bilan chegaralanadilar. Energetika jaraeni masalasiga kelganda odatda tadqiqot sifatida urganmaydilar, yoki bu masala energetika mutaxassislariga tegishli masala deb xisoblaydilar. Birok, asosan energetik yukotmalar ko’pincha bevosita texnologik jarayonlar bilan bogʼlik bo’ladi (garchi, shubxasiz, energetik jixozlarning takomillashganligiga ham bogʼlik). Bu hollarda asosiy energetik sarfiyotlarni kamaytirish rezervi texnologiya takomillashuvida yashirinib yotadi, kimyoviy mahsulot va energiya ishlab chiqarishidan kompleks foydalanishni xisobga olib texnologiyani optimallashtirish zarurati aniklanadi. Bunday masalani faqat mutaxassis kimyogar-texnologlar hal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun ular bu masalalarni yechish uchun mos keladigan usullar bilan kurollangan bulishlari kerak. “Energotexnologiya” fanining zimmasida – boʼlajak mutaxassislarga texnalogik obʼektlarda issiqlikni generatsiya qilish, energotexnalogik kombinatsiyalash, issiqlik sxemalarini muvofiqlashtirish, ikkilamchi energiya resurslaridan toʼgʼri foydalanish jarayonlarining energetik effektini baholash va issiqlik yoʼqolishini kamaytirish kabi vazifalar mavjud. Ushbu kursni oʼrgansh asosan fizika, amaliy matematika, noorganik, organik va fizikaviy kimyoviy texnalogiyaning jarayonlari ia uskunalari kabi umumtexnik fanlarga tayanadi. Energiyani tejash masalasini yechishning ilmiy asoslarini termodinamika (energiyaning aylanishini o’rganadigan fan) aniqrogʼi termodinamik analiz beradi. Uning mazmuni termodinamikaning ikkala qonunlaridan kelib chiqadi. Taxlil usullari esa texnikaviy termonidamika adabiyotlarida batafsil yoritilgan. Odatda muxandis-texnolog mahsulotni maksimal chiqishini yoki mahsulotni maksimal darajada ajratishi rejimlarini tanlashda, texnologik rejim va texnologik sxemani, energetik sarfiyotlarni xisoblashda fazoviy va kimyoviy muvozanatlardan foydalanadi. Birok, energetik sarfietlarni kamaytirish uchun muljallangan termodinamik taxlil ko’pchilik kimyogar texnologlarga tanish emas. Shuning uchun, tabiiy, energetik sarfietlarni kamaytirish usullarini qidirish uchun termodinamik taxlilning imkoniyatalaridan foydalanilmayapti. Xakikatan ham, muxandislar ko’p ideyalarga (fikrlarga) ichki xis bilan sezib yoki katta amaliy tajriba orkali keladilar. Birok, «termodinamik usul bilan fikrlash»ni bilmaslik energetika nuktai nazaridan oqilona texnik jarayonlar bilan bir qatorda maʼqul bo’lmagan jarayonlar yaratib quyishlari ham mumkin. Ushbu fanda barpo ettilaetgan jarayonning xoxlagan bosqichida yaʼni loyihalashdan boshlab mavjud ishlab turgan sanoat agregatlarining takomillashuvigacha termodinamika konun va usullaridan foydalanishning sersamarali ekanligi kursatiladi. Termodinamikaning birinchi qonuniga asosan klassik energetik balansning uzi ham energetik yukotmalarning bir qator manbalarini ochish va ularni kamaytirishning texnik usullarini yaratishga imkon beradi. Birok termodinamikaning ikkinchi qonunini ishlatish esa tularok va aniqroq, asosan juda ham samarador ma’lumotlar beradi. Yangi texnologik sxemalar, yangi aralashmalarni ajratish usullari, yangi tipdagi kimyoviy reaktorlar va issiklik almashtirgich apparatlar, yangi katalizatorlar va absorbentlar, texnologik jaraenlarni jadallashtirish usullari kabilarni yaratish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini yunalishini tanlashda termodinamik taxlil asos bo’ladi. Oddiy usullardan tortib, (issiklik almashtirgichlarning sirtini ko’paytirish singari) to eng muxim uzgartirishlarni texnologiyaga kiritishgacha qaytmaslik va anik kimyoviy, massa almashinuv va issiklik almashinuv jarayonlarida tula termodinamik taxlil energetik sarfiyotlarni kamaytirishning turli texnik yullarini topishga imkon beradi. Hozirgi kunda past energiya sarfiyotli, ko’p komponentli arlashmalarni tozalash sxemasining nazariyasi va tejamli ishlab chikarish usullari yaratilgan va turli variantlardan iborat sxemalar ishlab chiqilgan. Download 340.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling