Kimyoviy texnologiya


Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana25.08.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1670038
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish 
 
Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish uchun xomashyo bo’lib o’simlik 
moylari (raps, soya) hamda hayvon yog’larini ishlab chiqarish sanoatining 
chiqindilari xizmat qiladi. Eng mashhur biodizel yoqilg’isi bo’lib raps-metil efiri 
(RME) hisoblanadi, uni raps moyini metanol bilan qayta etirifikastiyalab oladilar, 
u yuqori stetan soni va yuqori alangalanish harorati bilan tavsiflanadi, bu esa uning 
yong’inga xavfsizligini oshiradi. Neftdan olingan dizel yoqilg’isiga qaraganda 
RME eng yaxshi surkovlash qobiliyatiga ega. Shu bilan birga RME past yonish 
issiqligi 37500 kDj) kg (neft dizel yoqilg’isi - 42000-43000 kDj/kg) bilan farq 
qiladi, bu dvigatel quvvatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda RME neft 
dizel yoqilg’isiga qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin.
Yog’ kislotalarning monoalkilefirlariga asoslangan biodizel yoqilg’isini 
spirtning (odatda metanolning) hayvon yog’lari yoki o’simlik moylari bilan o’zaro 
ta’siri natijasida yoqilg’iga ASTM va ERA tomonidan qo’yiladigan standartlarni 
qoniqtiradigan oksigenizir-langan kimyoviy mahsulotlarni hosil qiladi.
Bioalkanlarga asoslangan biodizel yoqilg’isini biomassa manbalarini 
vodorod va katalizator ishtirokida termik depolimerlash bilan oladilar. Jarayonda 


vodorod triglisterid molekulasiga xuddi metanol kabi kirib oladi, ammo murakkab 
efirlarni emas, balki past haroratli xossalarga ega bo’lgan to’yingan uzun zanjirli 
uglevodorod molekulalarini hosil qiladi.
Dizel yoqilg’isi sifatida dimetil efiri (DME) qo’llanilishi mumkin. U past 
miqdorda oltingugurtrtning borligi (5 rrm gacha), aromatik uglevodorodlarning 
yo’qligi, yuqori stetan soni (55-60 birligi), past qotish harorati bilan farq qiladi. 
Ammo DME bu gaz bo’lib AYoQSh da qo’yishning maxsus sistemasini, 
avtomobilda uni xavfsiz saqlashni hamda yonish kamerasiga uni etkazib berishning 
maxsus sistemasi bo’lishini talab qiladi. Bundan tashqari DME past yonish 
issiqligiga ega -24800k Dj/kg, bu esa uning sarfini 1,5-1,6 martaga oshiradi. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling