Kimyoviy texnologiya
Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish
Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish uchun xomashyo bo’lib o’simlik moylari (raps, soya) hamda hayvon yog’larini ishlab chiqarish sanoatining chiqindilari xizmat qiladi. Eng mashhur biodizel yoqilg’isi bo’lib raps-metil efiri (RME) hisoblanadi, uni raps moyini metanol bilan qayta etirifikastiyalab oladilar, u yuqori stetan soni va yuqori alangalanish harorati bilan tavsiflanadi, bu esa uning yong’inga xavfsizligini oshiradi. Neftdan olingan dizel yoqilg’isiga qaraganda RME eng yaxshi surkovlash qobiliyatiga ega. Shu bilan birga RME past yonish issiqligi 37500 kDj) kg (neft dizel yoqilg’isi - 42000-43000 kDj/kg) bilan farq qiladi, bu dvigatel quvvatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda RME neft dizel yoqilg’isiga qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin. Yog’ kislotalarning monoalkilefirlariga asoslangan biodizel yoqilg’isini spirtning (odatda metanolning) hayvon yog’lari yoki o’simlik moylari bilan o’zaro ta’siri natijasida yoqilg’iga ASTM va ERA tomonidan qo’yiladigan standartlarni qoniqtiradigan oksigenizir-langan kimyoviy mahsulotlarni hosil qiladi. Bioalkanlarga asoslangan biodizel yoqilg’isini biomassa manbalarini vodorod va katalizator ishtirokida termik depolimerlash bilan oladilar. Jarayonda vodorod triglisterid molekulasiga xuddi metanol kabi kirib oladi, ammo murakkab efirlarni emas, balki past haroratli xossalarga ega bo’lgan to’yingan uzun zanjirli uglevodorod molekulalarini hosil qiladi. Dizel yoqilg’isi sifatida dimetil efiri (DME) qo’llanilishi mumkin. U past miqdorda oltingugurtrtning borligi (5 rrm gacha), aromatik uglevodorodlarning yo’qligi, yuqori stetan soni (55-60 birligi), past qotish harorati bilan farq qiladi. Ammo DME bu gaz bo’lib AYoQSh da qo’yishning maxsus sistemasini, avtomobilda uni xavfsiz saqlashni hamda yonish kamerasiga uni etkazib berishning maxsus sistemasi bo’lishini talab qiladi. Bundan tashqari DME past yonish issiqligiga ega -24800k Dj/kg, bu esa uning sarfini 1,5-1,6 martaga oshiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling