Kimyoviy texnologiyada energiya reja: Energiya va uning turlari
Download 42.5 Kb.
|
kimyoviy texnologiyada energiya (1)
rekuperatorlar deb ataladi. Sanoatda hosil bo`layotgan gazsimon mahsulotlarning yoki chiqindi gazlar issiqligidan foydalanishda regeneratorlar ham qo`llaniladi.
Regeneratorlar – to`ldirgichlar (g`ishtdan yasalgan chambaraklar) bilan to`ldirilgan, davriy ravishda ishlaydigan kameralardir. Uzluksiz ishlaydigan sistema hosil qilish uchun shunday kameralardan eng kamida ikkita bo`lishi kerak. Issiq gaz truba orqali regeneratorga kiradi va to`ldirgichni qizdirib, o`zi sovib truba orqali chiqib ketadi. Shu vaqtning o`zida sovuq gaz truba orqali to`ldirgichi oldindan qizdirilgan regeneratorga kiradi va isib truba orqali chiqib ketadi. Ma`lum vaqtdan so`ng boshqaruvchi jo`mrak yordamida regeneratorga sovuq gaz va generatorga esa issiq gaz beriladi. Shu jarayon uzluksiz davom ettirilishi mumkin. Sanoatda ajralib, chiqayotgan issiq gazlardan ularni utilizator-qozonlar orqali o`tkazilib, bug` hosil qilishda foydalaniladi. Domna jarayonida hosil bo`layotgan domna gazi koloshnikdan gaz chiqaruvchi truba orqali gaz tozalagichga boradi, tozalangan issiq gazning bir qismi kauperni qizdirish uchun sarflanadi, kauperda gaz havo bilan aralashgan holda yonadi. Natijada domna jarayonida issiqlikning foydali ish koeffitsiyenti ortadi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling