Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 182-xtf(sirtqi, organika) yo’nalishi talabasi Baxodirov Abduraim Baxrom o`g`lining
Poliakrilamid ishlab chiqarish texnologik sxemasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxodirov Abduraim Baxrom ogli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Ekstraksiya jarayonining ahamiyati
Poliakrilamid ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1-erituvchi; 2-filtr; 3-reaktor; 4-issiqlik almashtirgich; 5-yig’gich; 6-aylanuvchi baraban; 7-olib chiqib ketish qurilmasi; 8-bunker; 9-ekstraktor; 10-vakuum quritgich. 13 3.2 Ekstraksiya jarayonining ahamiyati Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta`sir qiluvchi erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‟zaro aralashtirilganda erituvchida faqat tanlangan komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo‟llaniladi. Bu usullarning qaysi birini tanlash aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga bog`liq. Rektifikatsiyalash jarayoni odatda issiqlik ta`sirida boradi. Ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun issiqlik talab etilmaydi. Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining har xil uchuvchanliklariga asoslanadi. Agar aralashma komponentlarining qaynash haroratlari bir-biriga yaqin yoki ular yuqori haroratlarga beqaror bo‟lsa, bunday hollarda ekstraksiyalash jarayoni qo‟llaniladi. Dastlabki eritma va erituvchi o‟zaro ta`sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinat) hosil bo‟ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig`i esa rafinat deb yuritiladi. Rafinat tarkibida biroz miqdorda erituvchi ham bo‟ladi. Olingan ikkita suyuqlik fazasi (ekstrakt va rafinat) bir-biridan tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik usullar yordamida ajratiladi. So‟ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, rafinatdan esa erituvchi regenerasiya qilinadi. Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug`latish va hokazo) ga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past haroratda olib boriladi; eritmaning bug`lanishi uchun issiqlik talab qilinmaydi; tanlab ta`sir qilish xususiyatiga ega bo‟lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. Bu usul ham kamchiliklardan xoli emas; qo‟shimcha komponent (erituvchi)ni ishlatish va uni regenerasiya qilishni tashkil etish qurilmalar sxemasini murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi. 14 Suyuqlik-suyuqlik sistemalarini ekstraksiyalash jarayonlari kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, rangli metallar metallurgiyasi va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‟llaniladi. Bu jarayonlar turli organic va neft kimyoviy sintez mahsulotlarini toza holda ajratib olish, nodir va kam tarqalgan elementlarni olish va ularni ajratish, chiqindi suvlarini tozalash va shu kabi boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan birgalikda olib boriladi. Suyuqlik aralashmasi rektifikatsiyalashdan oldin birlamchi ekstraksiyalash yo‟li bilan qisman ajratilsa, rektifikatsiyalash uchun issiqlik xarajatlari ancha kamayadi. Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan qurilmalar ekstraktorlar deb ataladi. Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Erituvchilarga bir qator talablar qo‟yiladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: 1) Kerakli komponentga nisbatan tanlab ta`sir qilish hususiyatiga ega bo‟lishlik; 2) Erituvchining kerakli komponentni o‟zida eritib, yutib olish qobiliyati; 3) Erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni engil ajratib olish ya‟ni reekstraksiyalash imkoniyati borligi; 4) Fazalarning qatlamlarga oson ajralishi; 5) Erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo‟lishligi; 6) Saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va ekstraksiyalash) parchalanib ketmasligi; 7) Narxi arzon bo‟lishi; 8) Oson topiladigan, ya‟ni kamyob bo‟lmasligi; 15 9) Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‟lgan suyuqlik zichligidan kam bo‟lishi maqsadga muvofiq. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga bo‟linadi: 1) Organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften kislotalari, sulfokislotalar, fenollar va hokazo); 2) Organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va hokazo); 3) Neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar va ketonlar). Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling