Ekvivalent nuqtani aniqlash. Kompleksonometrik titrlashda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun organik bo‘yoqlar: to‘q-ko‘k kislotali xrom, erioxrom qora T, xromogen ET-100, mureksid va boshqalar ishlatiladi. Bu indikatorlar metall ionlari bilan titrant-kompleksonlar hosil qiladigan kompleks birikmalarga nisba- tan beqarorroq (juda kam barqaror) rangli kompleks birikmalar hosil qiladi.
Shuning uchun ham bu indikatorlar metall-xrom indikatorlar deyiladi.
Erioxrom qora T =3 asosli kislota bo‘lib, dissotsilanganda quyidagi ionlarni hosil qiladi:
H2Jnd- HJnd2- Jnd 3-
Qizil ko‘k sariq zarg‘aldoq
HJnd2- + Me2+ MeJnd + H+
ko‘k qizil vino
Trilon-B bilan titrlanganda MeJnd kompleks birikma buziladi. Metall ionlari Trilon-B bilan bog‘lanib, ancha barqaror kompleks birikmani hosil qiladi. Indikator anioni qayta eritmaga o‘tib, uni ko‘k rangga kiritadi:
MeJnd + [H2V]2- → [MeV]2- + HJnd2- + H+
qizil vino rangsiz rangsiz ko‘k
pH=8-9 bo‘lganda eritmaning rangi keskin o‘zgaradi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan H+ ionini bog‘lab olish uchun titrlash ammiakli bufer eritma ishtirokida olib boriladi.
Tajriba mashg‘ulotlari
Trilon-B eritmasining titrini aniqlash
Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: 1,0 litrli o‘lchov kolbasi; 5,00 yoki 10,00 ml li pipetka; shtativ; 25,00 ml li buretka; 3 dona 50 ml li titrlash kolbasi; yuvgich; Trilon-B; qora erioxrom-T; ammiakli bufer eritma.
Trilon-B - oq, suvda yaxshi eriydigan kukunsimon modda (Na2H14C10O8N2 ∙ 2H2O). Molekular massasi 372,25 g/mol, molyar ekvivalent massasi M/2 = 186,12 g/mol. Agar Trilon-B 120—140° С gacha qizdirilsa, uning tarkibidagi suv uchib ketib Na2H12C10N2 formulaga mos keluvchi suvsiz tuz qoladi. Har ikkala tuz ham Trilon-B ning eritmasini tayyorlash uchun dastlabki modda sifatida ishlatiladi. 0,1000 n Trilon-B eritmasidan 1,0 litr tayyorlash uchun namunaning massasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
m=N∙E∙V / 1000
Trilon-B eritmasining titri 0,05000 n li MgSO4 eritmasi (fiksanaldan tayyorlangan) yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |