5) Erituvchi bilan ishlash xavfsiz bochlishligi;
6) Saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va ekstraksiyalash) parchalanib ketmasligi;
7) Narxi arzon bochlishi;
8) Oson topiladigan, yachni kamyob bochlmasligi;
9) Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bochlgan suyuqlik zichligidan kam bochlishi maqsadga muvofiq. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga bochlinadi:
1) Organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften kislotalari, sulfokislotalar, fenollar va hokazo);
2) Organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va hokazo);
3) Neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar va ketonlar).
Suyuqliklarni ekstraksiyalashni ochrganishda tarqalish koeffitsienti va ajratish omili tushunchalaridan foydalaniladi. ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning muvozanat holatdagi konsentratsiyasini ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati tarqalish koeffitsienti deb ataladi:
(28.1)
bu yerda, y* — tarqalayotgan komponentning ekstraktdagi muvozanat ulushi; x — tarqalayotgan komponentning rafinatdagi muvozanat ulushi.
Tarqalish koeffitsientining qiymatiga kochra erituvchining ekstraksiya qilish qobiliyatini aniqlash mumkin: m ning qiymati qancha katta bochlsa, bunday erituvchining suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib olish qobiliyati shuncha yuqori bochladi. ekstraksiya sistemalarida ning qiymati 1 dan 10000 gacha ochzgaradi.
Erituvchining ajratish qobiliyatini baholash uchun quyidagi nisbatdan foydalaniladi:
(28.2)
bu yerda m1 - aralashmadagi birinchi komponentning tarqalish koeffitsienti; m2 - aralashmadagi ikkinchi komponentning tarqalish koeffitsienti.
Ushbu kattalik ekstraksiyalashdagi ajratish koeffitsienti yoki omili deb ataladi. ajralayotgan komponentlarning ekstraktdagi muvozanat konsentratsiyasilari rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasilaridan necha marta kattaligini bildiradi. Haqiqiy sharoitlarda ning qiymati 2 dan kam bochlmasligi maqsadga muvofiq bochladi.
|