Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanishda tibbiy yordam
Download 79.5 Kb.
|
ZАHАRLАNISH TURLARI VA ZAHARLANGАNDА BIRINCHI TIBIIY YORDАM KO’RSATISH
- Kuydirmaydigan kimyoviy moddalar va dorilar bilan zaharlanishda.
Agar bemor hushini yo`qotmagan bo`lsa: - bemorga tezlik bilan vodoprovod (mineral) suv ichiriladi-500 ml, bolaga -100-200-300 ml. Suv bilan sut, xom tuxum ichiriladi; - so`ngra, bemorni stulga o`tqazib, orqasini stul suyanchig`iga tirab, til ildizini orqasini temir qoshiq dastasi bilan bosib (katta odam o`zining ikki barmog`i bilan til ildizini bosadi) qustiriladi; - bir-ikki minut dam oldirib, yana suv ichirib, qustiriladi. Bu 2-3 marta takrorlanadi; - to`shakka yonbosh qilib yotqiziladi; - oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi, ko`rpa bilan o`raladi; - issiq shirin choy, issiq shirin sut ichiriladi; - tomir urishi kuchsiz, ranggi oqargan bo`lsa, kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1 ml teri ostiga (bolaga 0,2-0,3-0,5 ml); Agar bemor hushini yo`qotgan bo`lsa, unga suv, sut, tuxum, moy ichirishning iloji bo`lmaydi: - bemor boshini baland qilib, yonbosh yotqiziladi; - kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1-2 ml teri ostiga; - ichaklarni tozalash uchun magneziy sulfat poroshogi 1 choy qoshiq 500 ml iliq suvga eritib ichiriladi, bolaga 50-100 ml ichiriladi; - kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda magneziy o`rniga almagel (o`simlik moyi) - 80 ml, bolaga 20-30 ml ichiriladi; - shu jarayonda karbolen 2-4 tabletka ichiriladi.Bu me`da-ichakdagi zaharli kimyoviy moddani o`ziga biriktirib, uni zararsizlantiradi va najas bilan chiqib ketadi. Agar kuydiruvchi kimyoviy modda teriga tushsa (to`kilsa) tezgina suv bilan yuvish kerak. Agar kimyoviy zaharli modda gaz sifatida nafas a`zolariga kirsa, bemorni tezda toza havoli joyga o`tkazish kerak.Uni qutqazuvchi odam protivogaz kiyishi, u bo`lmasa og`iz-burniga 4 qavatli doka bo`glashi kerak. Agar zaharli modda bilib-bilmasdan in`yeksiya qilingan bo`lsa, yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan bo`lsa, bu modda ta`sirini kuchsizlantirish uchun: - in`yeksiya qilingan joyga 6-8 soat davomida muz xaltacha yoki ro`molni sovuq suvga namlab qo`yiladi.Ro`molni har 30-40 minutda sovuq suvga qaytadan namlab turish kerak; - zaharli modda yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan joyga zudlik bilan adrenalin (noradrenalin) 0,1%-0,5-1 ml (bolaga 0,1-0,2-0,3 ml) zaharli yoki dori modda in`yeksiya qilingan joyga teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi; - zaharli dori in`yeksiya qilingan joyning yuqori sohasi novokain bilan blokada qilinadi.Novokain 0,5 %-5-10 ml teri ostiga yoki muskul orasiga bir necha joyga yuboriladi (in`yeksiya oralig`i 1-2 sm); - og`riqni kamaytirish uchun analgin (baralgin)-2 ml muskul orasiga yuboriladi; - qonga so`rilgan zaharli moddani organizmdan siydik bilan chiqib ketishini tezlashtirish uchun siydik haydovchi dorilar qo`llanadi: Laziks-kattalarga 2 ml muskul orasiga (bolalarga 0,2-0,3-0,5 ml) yoki furosemid – kattalarga 1 tabletka (bolalarga ј-1/3-1/2 tabletka). Bu dorilar berilganda tez-tez mineral suv ichirish kerak. Iloji bo`lsa, natriy xlor 0,9 %, glyukoza 5 %, reopoliglyukin kabilar navbat bilan 100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi; - yurak faoliyati zaiflashgan va keksa yoshdagi bemorga siydik haydovchi dorilar qo`llanmagani ma`qul, chunki siydikni ko`p miqdorda chiqarish uchun qon aylanish kuchayib, yurakni zo`riqtirishi mumkin. Kislota xususiyatiga ega bo`lgan dorilar, ya`ni aspirin, barbituratlar (barbamil, bromural va boshqalar) bilan zaharlanganda ishqorli suyuqlik yuboriladi, ya`ni 4 %-natriy bikarbonat kattalarga 300-500-700 ml (bolalarga 50-100-200 ml) vena tomiriga tomchi usulida. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling