Kalsiy oksid so‘ndirilmagan ohakning, kalsiy gidroksid esa so‘ndirilgan ohakning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kalsiy oksidini suv bilan reaksiyasi ohakni so‘ndirish deb ataladi. Kalsiy oksid, asosan, so‘ndirilgan ohak olish uchun ishlatiladi.
Kalsiy gidroksid Ca(OH)2 amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. U so‘ndirilgan ohak, ohak suti va ohakli suv sifatida ishlatiladi. So‘ndirilgan ohak mayda g‘ovak kukun, odatda kulrang tusli Ca(OH)2, suvda bir oz eriydi (20° C da, 1 l suvda 1,56 g eriydi). So‘ndirilgan ohakning sement, suv va qum bilan xamirsimon aralashmasi qurilishda
i shlatiladi. Aralashma asta-sekin qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |